Jahon

Orban Ukraina va Rossiya o‘rtasida vositachi bo‘la oladigan darajada taʼsirga ega emas — Zelenskiy

Ukraina prezidenti Vengriya bosh vazirining Ukraina va Rossiya o‘rtasida vositachilik qilishga urinishlari haqida gapirdi.

Orban Ukraina va Rossiya o‘rtasida vositachi bo‘la oladigan darajada taʼsirga ega emas — Zelenskiy

Zelenskiyga ko‘ra, faqat AQSH, Xitoy yoki Yevropa Ittifoqi kabi yirik ishtirokchilar vositachi bo‘lishi mumkin.

 

YI raisligini olti oyga egallagan Viktor Orban dastlab Kiyevga, keyin Moskvaga tashrif buyurib, Zelenskiy va Putinga avvaliga vaqtinchalik o‘t ochishni to‘xtatishni eʼlon qilish, so‘ngra tinchlik muzokaralariga o‘tishni ko‘rib chiqishni taklif qildi.

 

"Men uning Moskvaga uchishini bilmagandim. Bu uning mustaqil tanlovi, lekin Orban ikki davlat o‘rtasida vositachi bo‘la olmaydi. Faqat jiddiy, kuchli ittifoqchilar vositachi bo‘lishi mumkin", — deya taʼkidladi Ukraina prezidenti dushanba kuni Varshavadagi matbuot anjumanida.

 

Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, vositachi iqtisodiy va siyosiy jihatdan qudratli bo‘lishi hamda Rossiya iqtisodiyotiga taʼsiri o‘tkaza olishi yoki Rossiyanikidan kuchliroq armiyaga ega bo‘lishi kerak.

 

"Dunyoda bunday davlatlar kam. Men Amerika Qo‘shma Shtatlari va Xitoyni shunday davlatlar deb o‘ylayman. Menimcha, YI ham butun ittifoq ko‘rinishida vositachilik qila oladi", — deya Zelenskiyning so‘zlarini keltiradi “Ukrinform” agentligi.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"