Işdan ketganlarga katta kompensatsiya: Mercedes-Benz 30 mingdan ortiq xodimga taklif yuboradi
Tölov miqdori xodimning yoşi, iş staji va maoşiga qarab hisoblanadi.

Germaniyaning Mercedes-Benz avtomobil konserni xodimlarni öz xohişiga köra işdan ketişga undaş böyiça yangi dastur boşlamoqda. Bild naşrining kompaniya içki hujjatlariga tayanib xabar berişiça, dastur doirasida xodimlarga 422 ming yevrogaça kompensatsiya tölanişi mumkin.
Eng yuqori tölov yuqori maoş oladigan 52 yoşli muhandisga taklif etilgan. U 2027-yil mart oyi oxirigaça kompaniyadan ketişga rozi bölsa, 422 ming yevro olişi mumkin. Ma’muriy bölim xodimlari uçun esa kompensatsiya miqdori 253 ming yevrogaça etib belgilangan.
Tölov miqdori xodimning yoşi, iş staji va maoşiga qarab hisoblanadi. Dasturda 30 mingdan ortiq xodim iştirok etişi mumkin. Ular orasida turli mutaxassislar, ustalar, jamoa va bölim rahbarlari bor. Bu safar dasturga ilk bor yuqori lavozimli rahbarlar ham kiritilgan.
Iştirok etişning asosiy şarti — 2026-yil 1-dekabr holatiga köra, kompaniyada kamida uç yillik iş stajiga ega böliş. Dastur 2026-yil 1-dekabrdan 2027-yil 30-sentyabrgaça, jami 10 oy davom etadi. Eng qulay şartlar dastlabki tört oyda amal qiladi. 2027-yil mart oyi oxirigaça işdan ketiş haqida qaror qilgan xodimlarga tezkorlik uçun qöşimça “Turbo-bonus” ham beriladi.
Mercedes-Benz uşbu dasturni kompaniyaning iqtisodiy ahvoli yomonlaşgani va xarajatlarni, jumladan, xodimlar bilan boğliq sarf-xarajatlarni kamaytiriş zarurati bilan izohlamoqda.
Biroq kompaniya xodimlarni işlab çiqariş ehtiyojlari sababli odatiy tartibda işdan böşata olmaydi. Bunga Germaniyada amal qilayotgan bandlik kafolatlari töğrisidagi kelişuv tösqinlik qiladi. Mazkur kelişuv 2034-yil oxirigaça amal qiladi.







