Jahon

Ebola epidemiyasi: Kongoda qurbonlar soni 6 mingdan oşdi

Bu mamlakat tarixidagi eng yirik Ebola epidemiyasi hisoblanadi.

Ebola epidemiyasi: Kongoda qurbonlar soni 6 mingdan oşdi

Kongo Demokratik Respublikasida Ebola epidemiyasi oqibatida halok bölganlar soni 6025 nafarga yetdi. Mamlakatning sakkizta provinsiyasida 12254 ta kasallaniş holati tasdiqlangan.

 

Hukumat ma’lumotlariga köra, 15-may kuni e’lon qilingan epidemiyaning uşbu bosqiçi mamlakat tarixidagi eng yirik Ebola epidemiyasiga aylangan. Jahon miqyosida esa u 2014–2016-yillardagi Ğarbiy Afrika epidemiyasidan keyin ikkinçi eng köp qurbon bergan epidemiya hisoblanadi. Öşa davrda Gvineya, Liberiya va Syerra-Leoneda 11 mingdan ortiq kişi vafot etgan.

 

Kasallaniş holatlarining aksariyati qurolli töqnaşuvlar davom etayotgan Ituri va Şimoliy Kivu provinsiyalarida qayd etilgan. Reuters agentligining sun’iy yöldoş tasvirlari tahliliga köra, qurbonlarning haqiqiy soni rasmiy körsatkiçdan ança yuqori bölişi mumkin.

 

Tasdiqlangan kasallaniş holatlarining qariyb yarmi ölim bilan yakunlangan. Bunga bemorlarning tibbiy yordamga keç murojaat qilişi yoki tibbiyot muassasalariga umuman bormasligi sabab bölmoqda. Ölim holatlarining 60 foizdan ortiği davolaş markazlaridan taşqarida qayd etilgan.

 

«Çegara bilmas şifokorlar» taşkilotining mamlakatdagi Ebola epidemiyasiga qarşi kuraş koordinatori Anna Xelfordning Al Jazeera naşriga aytişiça, qurolli mojarolar tibbiy vositalarni yetkazib beriş va kasallanganlarni aniqlaş işlarini qiyinlaştirmoqda.

 

Uganda, Keniya va Nigeriyada ham kasallaniş holatlari aniqlangan. Afrika Kasalliklarni nazorat qiliş va profilaktika markazlari (Africa CDC) rahbari Jan Kaseya epidemiyani qit’a tarixidagi geografik jihatdan eng keng tarqalgan epidemiya deb atagan.

 

Epidemiyaga sabab bölgan Bundibugyo virusi ştammiga qarşi hozirça tasdiqlangan vaksina yoki maxsus davolaş usuli mavjud emas. Şunga qaramay, bir neçta vaksina nomzodi işlab çiqilmoqda.

 

Xususan, Uganda juma kuni AQŞning Moderna kompaniyasi tomonidan yaratilgan eksperimental vaksina sinovlarini boşladi. Ikkinçi vaksina nomzodi — Oksford universiteti va Hindistonning Serum Institute instituti hamkorligida işlab çiqilgan preparatning klinik sinovlari esa duşanba kuni Kongo Demokratik Respublikasida boşlanişi kutilmoqda.

 

Kam daromadli mamlakatlarga vaksinalar yetkazib berişda yordam beruvçi Gavi xalqaro alyansi ikkinçi vaksinaning 1,5 million dozasini sotib oliş majburiyatini olgan. Sinovlar muvaffaqiyatli yakunlanib, tegişli soğliqni saqlaş organlari undan foydalanişni ma’qullasa, vaksina aholiga yetkazib berilişi mumkin.

Ukraina Rossiyadagi neft-kimyo zavodiga hujum qildi: 19 ta hudud va Qrimda 1017 ta dron urib tuşirildi

Ukraina Rossiyadagi neft-kimyo zavodiga hujum qildi: 19 ta hudud va Qrimda 1017 ta dron urib tuşirildi

Hujum oqibatida “Tolyattikauçuk” korxonasida yonğin çiqqan.

Işdan ketganlarga katta kompensatsiya: Mercedes-Benz 30 mingdan ortiq xodimga taklif yuboradi

Işdan ketganlarga katta kompensatsiya: Mercedes-Benz 30 mingdan ortiq xodimga taklif yuboradi

Tölov miqdori xodimning yoşi, iş staji va maoşiga qarab hisoblanadi.

Myanmada maktabga havo zarbasi berildi: kamida 30 kishi halok bo‘ldi

Myanmada maktabga havo zarbasi berildi: kamida 30 kishi halok bo‘ldi

Hujum oqibatida halok bo‘lganlar orasida go‘dak va bir necha maktab o‘quvchisi ham bor.

O‘zbekistonning Mozori Sharifdagi konsulxonasi Bosh konsulxonaga aylantiriladi: 1-dekabrdan yangi tartib

O‘zbekistonning Mozori Sharifdagi konsulxonasi Bosh konsulxonaga aylantiriladi: 1-dekabrdan yangi tartib

Qaror ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va transport-logistika hamkorligini rivojlantirishga qaratilgan.

Rossiyaning 16 ta hududi dronlar hujumiga uchradi: 1 246 ta Ukraina droni urib tushirilgan

Rossiyaning 16 ta hududi dronlar hujumiga uchradi: 1 246 ta Ukraina droni urib tushirilgan

Dronlar xavfi sabab Ufa va bir qator aeroportlarda parvozlar cheklangan.

“TikTok inson miyasini o‘ldirmoqda”: Toqayev yoshlarni ogohlantirdi

“TikTok inson miyasini o‘ldirmoqda”: Toqayev yoshlarni ogohlantirdi

Qozog‘iston prezidenti internet va smartfonlardan to‘g‘ri foydalanish raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga xizmat qilishini bildirdi.

Elektr, suv va ko‘priklar xavf ostida: Ukraina qiyin qishga duch kelmoqda

Elektr, suv va ko‘priklar xavf ostida: Ukraina qiyin qishga duch kelmoqda

Zelenskiy xavfsizlik sabab boshqa shaharlarga ko‘chishni istagan fuqarolarning qarorini hurmat qilish va ularning hayotini saqlash muhimligini ta’kidladi.

Ukraina bo‘yicha muzokaralarga AQSH nomidan rafiqam boshchilik qilishi mumkin — Tramp

Ukraina bo‘yicha muzokaralarga AQSH nomidan rafiqam boshchilik qilishi mumkin — Tramp

AQSH prezidenti o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv natijasida ko‘plab insonlar qutqarilganini ta’kidladi.