Sport

Qaysi futbolchilar Yevro-2024 yarim finalini o'tkazib yuborishadi?

Ispaniyada katta muammolar bor.

Qaysi futbolchilar Yevro-2024 yarim finalini o'tkazib yuborishadi?

 

Yevro-2024ning yakunlanishiga hama sanoqli kunlar qoldi. Bizni oldinda Ispaniya – Fransiya va Gollandiya – Angliya uchrashuvlari kutib turibdi. Bunday o'yinlarda barcha yuqori darajadagi bahslarni kutadi. Ayrimlar esa maydonda eng zo'r futbolchilarni ko'rishni istaydi. Lekin, afsuski, hamma futbolchilar ham doim bunday imkoniyatga ega bo'lavermaydi. Sabablari diskvalifikatsiya va jarohatlardir. Xo'sh, 1/2 final bahslarini kimlar o'tkazib yuboradi?

 

Robin Le Normant, Daniel Karvaxal, Daniel Vivian va Alvaro Morata Germaniyaga qarshi Yevro chorak finali oldidan diskvalifikatsiya qilingan edi. Shu sababli ular yarim finalni o'tkazib yuborishadi. OAV Morata zahirada o'tirganida sariq kartochka olgani haqida xabar tarqatgandi. Biroq, so'nggi soatlarda bu ma'lumotlar noto'g'ri bo'lib chiqdi. Demak, hujumchi Fransiyaga qarshi maydonga tushishi mumkin. Ispaniya uchun yana bir muammo bor. Bu Pedrining jarohati. Germaniya bilan uchrashuv boshida Toni Kroos unga jarohat yetkazdi. Shu sababli yarim himoyachi almashtirilgandi va 21 yoshli futbolchi turnirda boshqa ishtirok etolmaydi. De la Fuente uchun yana bir muammo.

 

Fransiyada Usmon Dembele, Kilian Mbappe, Antuan Grizmann va Aurelien Chuameni diskvalifikatsiya qilinish xavfi ostida. Lekin ularning hech biriga Portugaliya bilan uchrashuvda sariq kartochka ko'rsatilmadi. Shu bois, Dide Desham Ispaniya bilan o'yinda barchaga, jumladan diskvalifikatsiya muddatini o'tab bo'lgan Adrien Rabyoga ham ishonishi mumkin.

 

Yoei Verman, Yerdi Shouten, Denzel Damfris, Donyel Malen sariq kartochka olishgan taqdirda yarim finalni o'tkazib yuborishlari mumkin edi. Ammo Gollandiya Turkiya bilan o'yinda g'alabani qo'lga kiritdi va futbolchilarning birontasi kartochka olmadi. Demak, Angliyaga qarshi o'yinda Ronald Kuman tarkibdagi istalgan futbolchidan foydalanishi mumkin bo'ladi.

 

Inglizlar uchun Kiran Trippier, Kobbi Maynu, Konor Gallager, Jud Bellinghem va Fil Fodenning hisobida bittadan sariq kartochka bor. Angliyaning oxirgi o'yinida faqat Harri Keyn ogohlantirish oldi. Bu Sautgeyt uchun yaxshi yangilik emas.

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Qaysi futbolchilar Yevro-2024 yarim finalini o'tkazib yuborishadi? | Zamon.uz