Sport

Ispan jamoasi "Man Siti" himoyachisini sotib oldi

U APLda ikki mavsum o'ynagan.

Ispan jamoasi "Man Siti" himoyachisini sotib oldi

 

"Shaharliklar" 23 yoshli himoyachining "Real Sosedad"ga o‘tganini tasdiqlashdi.

 

Transfer qiymati bonuslarni hisobga olganda 10 mln yevroni tashkil qildi. Futbolchi va San-Sebastian jamoasi o‘rtasidagi kelishuv 2030-yilgacha mo‘ljallangan.

 

"Man Siti" ispaniyalik himoyachining keyingi transferidan 30 foiz ulush oladi. O‘tgan mavsumda Gomes APLda 6 ta bahsda maydonga tushib, 1 ta golga assistentlik qilgan. U "Man Siti"da ikki mavsum o‘ynadi.

Ispan jamoasi "Man Siti" himoyachisini sotib oldi | Zamon.uz