Sport

Yevro-2024. Ispaniya — to‘rt karra Yevropa chempioni!

Yevropa chempionati finali doirasida Ispaniya Angliyani mag‘lub etib, qitʼada tengsiz bo‘ldi.

Yevro-2024. Ispaniya — to‘rt karra Yevropa chempioni!

Bir oy davom etgan turnir finali Berlindagi “Olimpiashtadion”da o‘tkazildi. Hal qiluvchi bahsning birinchi bo‘limi ispanlar ustunligida o‘tgan bo‘lsa-da, hisob ochilmadi. Ikkinchi bo‘lim boshida esa Niko Uilyamsning golidan keyin stadion larzaga keldi – 1:0.

 

70-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Koul Palmer uch daqiqa o‘tib, kuchli zarbasi bilan farqni tenglashtirdi – 1:1.

 

O‘yin yakuniga yaqin ispanlar safida zaxiradan maydonga tushgan Oyarsabal 86-daqiqada gol urib, Ispaniyaga qitʼa chempionligini keltirdi – 2:1.

 

Shu tariqa, Angliya ketma-ket ikkinchi Yevro finalida mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsa, Ispaniya o‘z tarixida 4-marta qitʼa chempioni bo‘ldi va bu borada rekordchiga aylandi.

 

Ispaniya – Angliya 2:1

 

Gollar: 1:0 – 47 Uilyams, 1:1 – 73 Palmer, 2:1 – 86 Oyarsabal.

 

Ispaniya – Unai Simon, Karvaxal, Laport, Le Norman (Nacho, 83), Kukurelya, Fabian Ruis, Rodri (Subimendi, 46), Olmo, Uilyams, Yamal (Merino, 89), Morata (Oyarsabal, 68).

 

Angliya – Pikford, Uoker, Stounz, Gexi, Shou, Rays, Foden (Touni, 89), Bellingem, Maynu (Palmer, 70), Saka, Keyn (Uotkins, 61).

 

Ogohlantirishlar: Keyn (25), Olmo (31), Stounz (53), Uotkins (90+2).

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Yevro-2024. Ispaniya — to‘rt karra Yevropa chempioni! | Zamon.uz