Isroil klublari musobaqalardan chetlatilishi mumkin
20-iyul kuni FIFAning navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Xalqaro futbol federatsiyasi tashkilot kengashi yig‘ilishida Isroil jamoalari va klublarini xalqaro musobaqalarda ishtirok etishdan chetlashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin.
20-iyul kuni FIFA kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Advokat Maks du Plessis Isroil rasmiylarining Falastindagi harakatlari FIFA'ning asosiy maqsad va g‘oyalariga putur yetkazishi haqida hisobot tayyorladi.
Hisobotda, shuningdek, Isroil inson huquqlarini poymol qilayotgani, mamlakat rasmiylari millatiga ko‘ra kamsitishlari, bu insonparvarlik maqsadlari va FIFA pozitsiyasiga zid ekanligi qayd etilgan.
May oyida Falastin futbol assotsiatsiyasi prezidenti Jibril Rajup FIFAdan Isroil futbol federatsiyasining tashkilotdagi a’zoligini to‘xtatishni talab qildi.







