Mbappe Ronalduning rekordini takrorladi
U bir nechta afsonaviy futbolchilarni ortda qoldirdi.

16--iyul kuni "Real Madrid" Kilian Mbappeni muxlislarga rasman tanishtirdi. Fransuz futbolchisining taqdimoti tashrif rekordini takrorladi. Kilian kimlarning natijalarini ortda qoldirdi?
4-5 o'rinlar - Neymar
2023-yilda braziliyalik hujumchining "Al-Hilol"ga o'tishi Saudiya Arabistonidagi muxlislar uchun haqiqiy bayramga aylangandi. Neymarning taqdimotiga 60 ming kishi kelgan.
4-5 o'rinlar - Karim Benzema
O'sha yilgi transfer oynasida "Oltin to'p" sohibi ham Saudiya klubi safiga borib qo'shildi. Fransuzning "Al-Ittihod"dagi taqdimot marosimida 60 ming kishini to'plangan.
3-o'rin - Diego Maradona
1984-yilda argentinalik afsonaviy futbolchining "Napoli"dagi taqdimot marosimida 65 ming muxlis stadionga yig'ilgan.
1-2-o'rinlar - Krishtianu Ronaldu, Kilian Mbappe
Ronalduning "Real"ga transferi tarixdagi eng qimmat transferga aylangandi. Portugaliyalikning klubdagi taqdimotini tomosha qilish uchun 80 ming kishi tashrif buyurgan. Kilian Mbappening "Real"ga o'tishi haqidagi doston 16-iyul kuni "Santyago Bernabeu"da rasman yakuniga yetdi. Mbappe Ronalduning rekordini takrorladi va tribunaga 80 ming kishini to'pladi.







