Olimpiadaning eng qimmat 5 nafar futbolchisi
Ular orasida kimlar bor?

Ayni kunlarda Fransiya poytaxti Parij shahrida navbatdagi Olimpiya o'yinlari bo'lib o'tmoqda. Unda futbol uchrashuvlari ham qizg'in pallaga kirib bormoqda. Olimpiya o'yinlarida bir qator taniqli futbolchilar ham ishtirok etishmoqda. Xo'sh, ular orasida kimlar bor, ularning narxi qanday baholangan?
4-5 o'rinlar - Aleks Baena
"Vilyarreal" va Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi 40 million yevroga baholangan.
4-5 o'rinlar - Castello Lukeba
“Leypsig” va Fransiya terma jamoasi himoyachisi ham 40 million yevroga baholangan.
3-o'rin - Maykl Olise
"Bavariya"ning yangi futbolchisi va fransiyalik vingerning narxi 55 million yevroni tashkil etadi.
2-o‘rin – Ashraf Hakimi
"PSJ" va Marokash terma jamoasi himoyachisining narxi 60 million yevroga teng.
1-o'rin - Julian Alvares
"Manchester Siti" va Argentina terma jamoasi hujumchisi 90 million yevroga baholangan.







