Sport

Parij—2024. Olimpiyachilarimiz Misrga qarshi maydonga tushadi

Temur Kapadze shogirdlari birinchi turda Ispaniyaga kichik hisobda imkoniyatni boy bergandi.

Parij—2024. Olimpiyachilarimiz Misrga qarshi maydonga tushadi

 

O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi bugun Olimpiadaning futbol turniri doirasida Misr terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Mazkur o‘yinda o‘zbekistonlik futbolchilar to‘liq oq libosda, darvozabon esa yashil libosda maydonga tushadi.

 

Uchrashuvni esa okeaniyalik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Bosh hakam — Kavana-Vauf Kempbell (Yangi Zelandiya), unga qanotlarda Trevis Isaak (Yangi Zelandiya) va Mutukera Bernard (Solomon orollari) yordam beradi. 4-rasmiy hakam vazifasi Hamilton Odettega (Yamayka) topshirilgan.

 

Timur Kapadze shogirdlari 1-turda Ispaniyaga qarshi maydonga tushib, 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgandi. Misr olimpiyachilari Dominikan Respublikasi bilan durangga imzo chekdi va bir ochkoga ega bo‘ldi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"