"Ishonchim komilki, o'tgan mavsumdagidan ko'ra ko'proq gol uraman"
Levandovski yaqinlashayotgan mavsum haqida gapirdi.

"Barselona" hujumchisi Robert Levandovski yangi 2024/2025-yilgi mavsumdagi o'yini haqida gapirdi.
"O'tgan mavsumdan ko'ra ko'proq gol urishimga ishonchim komil, bu men uchun ham, jamoa uchun ham juda zarur", - dedi Levandovski.
Levandovski 2022-yilning iyulida "Bavariya"dan "Barselona"ga o'tgan edi. Transfer summasi 45 million yevroni tashkil qilgan futbolchining klub bilan shartnomasi 2026-yilning yoziga qadar tuzilgan. Transfermarkt polshalik futbolchini 15 million yevroga baholagan.







