Sport

Olimpiya tarixidagi eng qimmat 5 nafar futbolchi

Ular orasida bir qator yulduz futbolchilar bor.

Olimpiya tarixidagi eng qimmat 5 nafar futbolchi

 

Olimpiya o'yinlari kamdan-kam hollarda futbol muxlislariga katta nomlarni tanishtiradi. Ammo, ba'zida Olimpiya o'yinlariga eng kuchlilar keladi. Quyida turnir tarixidagi eng qimmat besh nafar futbolchi haqida ma'lumotga ega bo'lishingiz mumkin.

5-o‘rin – Ashraf Hakimi

 

"PSJ" himoyachisi milliy terma jamoasi safida ham asosiy futbolchilardan biri hisoblanadi. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, Hakimining narxi 60 million yevroni tashkil etadi.

4-o'rin - Mikel Oyarzabal

 

Amaldagi Yevropa chempioni Tokiodagi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan. Musobaqada Ispaniya finalda Braziliyaga mag'lub bo'lgan va Oyarzabal o'sha paytda 70 million yevroga baholangan.


3-o'rin - Pedri

 

2021-yilgi Olimpiya o'yinlarida ishtirok etgan yana bir ispaniyalik futbolchi. “Barselona” yarim himoyachisining narxi Tokio Olimpiadasi vaqtida 80 million yevroga teng edi.

 

2-o'rin - Julian Alvares

 

Argentinalik o‘zi ishtirok etgan deyarli barcha turnirlarda g‘alaba qozongan. Bu yil u Olimpiada oltin medalini olishni rejalashtirgan. Parijda "Manchester Siti" futbolchisi eng qimmat futbolchiga aylandi. U 90 million yevroga baholangan.

 

1-o'rin - Neymar

 

Rio-2016 Olimpiadasi Braziliya terma jamoasining asosiy yulduzisiz o'tishi mumkin emas edi. O'shanda Transfermarket portali ma'lumotiga ko'ra, "Barselona" futbolchisining narxi 100 million yevroni tashkil etgan.

 

Olimpiya tarixidagi eng qimmat 5 nafar futbolchi | Zamon.uz