Sport

Lazizbek Mullojonov olimpiada medalini naqd qildi

Mullojonov 4 avgust kungi yarimfinalda tojikistonlik Davlat Boltayevga qarshi ringga ko‘tariladi.

Lazizbek Mullojonov olimpiada medalini naqd qildi

Boks bo‘yicha jahon chempionati sovrindori Lazizbek Mullojonov (-92 kg) Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari shohsupasidan o‘zi uchun joy kafolatladi.

 

Chorak finalda 2021 yilgi jahon chempionatining finalchisi, braziliyalik Keno Machadoga qarshi bahs olib borgan hamyurtimiz chiroyli g‘alabaga erishdi va yarim finalga yo‘l oldi.

 

Qayd etish joiz, yarim final ishtirokchilari o‘zlari uchun kamida bronza medalini naqd qilishadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"