0

Toshkentda Tracker piyodani urib yubordi

Ayni vaqtda holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Toshkentda Tracker piyodani urib yubordi

 

Kecha Toshkent shahri Yunusobod tumanida Tracker mashinasi tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan fuqaroni urib ketdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, yo‘l-transport hodisasi soat 19:10 larda Amir Temur ko‘chasida sodir bo‘lgan. 1999-yilda tug‘ilgan haydovchi R.Q. tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan, piyoda, 2002-yilda tug‘ilgan Ch.A.ga borib urilgan.

 

“YTH oqibatida piyoda jarohat olgan, unga shifokorlar tomonidan birinchi yordam ko‘rsatilgan. Holat yuzasidan surishtiruv harakatlari boshlandi”, - deyiladi xabarda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"