Sport

Yozgi transfer oynasida katta daromad qilgan klublar

Ularning ba'zilari ajoyib transfer savdosini yo'lga qo'yishgan.

Yozgi transfer oynasida katta daromad qilgan klublar

 

Bu yil transfer oynasida ham bir qator xaridlar amalga oshirildi. Bugun qaysi jamoalar futbolchilarni sotish ortidan yuqori daromadni qo'lga kiritgani haqida ma'lumotlarni taqdim etamiz.

 

"Bolonya" (Italiya)

 

A Seriya klubi o'tgan mavsumni ajoyib o'tkazdi. Turnir jadvalida beshinchi o'rin va Chempionlar ligasiga yo'llanma qo'lga kiritildi. Tabiiyki, top-klublar nafaqat "qizil-ko‘k" futbolchilariga, balki bosh murabbiyga ham e’tibor qaratishdi. Tiago Motta endi "Yuventus"da ishlaydi. "Bolonya" allaqachon transferlardan 97,85 million yevro ishlab topgan. Uch nafar futbolchi darhol A Seriya klubini tark etib, Angliyaga yo'l olishdi. Himoyachi Rikkardo Kalafiori “Arsenal” futbolchisiga aylandi (45 million yevro), hujumchi Joshua Zirkzi “Manchester Yunayted”ga o‘tdi (42,5 million yevro), himoyachi Lui Binks esa “Koventri” bilan shartnoma imzoladi (2 million yevro). Shveytsariya terma jamoasi futbolchisi Dan Ndoye ham "Bolonya"ni tark etishi mumkin. Avvalroq "Inter" tomonidan futbolchiga qiziqish bo'lgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

 

"Lids" (Angliya)

 

Klub hozirga qadar allaqachon 86,9 million yevroga o'yinchilarini sotgan. 18 yoshli yarim himoyachi Archi Grey uchun "Lids" "Tottenhem"dan 41,25 million yevro oldi. O'tgan mavsumda futbolchi barcha turnirlarda 52 ta o'yin o'tkazib, maydonda o'tkazgan daqiqalari bo'yicha jamoada to'rtinchi natijani ko'rsatdi. Bundan tashqari qanot hujumchisi Luis Sinisterra "Bornmut"ga (23,4 million yevro), markaziy yarim himoyachi Glen Kamara "Renn"ga (10 million yevro), himoyachi Mark Roka "Betis"ga (4,5 million yevro) o‘tdi. Shuningdek, "Lids" Charli Kressuellni "Tuluza"ga 4,5 million yevroga sotdi.

 

"Nottingem Forest" (Angliya)

 

"Nottingem Forest" transfer kampaniyasi o'ziga xos san'atga aylandi. Masalan, 2022-yilning yozida ingliz klubi 20 nafar yangi futbolchini sotib oldi. Bu safar klub o'yinchilarni 83,4 million yevroga sotdi, eng foydali kelishuv esa markaziy himoyachi Mussa Nyakatening "Lion"ga 31,9 million yevroga sotilgani bo'ldi. Ikki yil avval ingliz klubi futbolchini 10 million yevroga sotib olgandi. "Nottingem" darvozabon Odissi Vlaxodimosning transferidan ham pul ishlab oldi. U jamoaga 2023-yil sentabr oyida kelib qo'shilgandi. Endi grek darvozaboni faoliyatini "Nyukasl"da davom ettiradi, "Nottingem Forest" esa futbolchi orqali 23,6 million yevro ishlab oldi.

 

"Shtutgart" (Germaniya)

 

Bundesligada o'tgan mavsumning kashfiyotlaridan biri. “Shtutgart” turnirni shu qadar zo'r o'tkazdiki, turnir jadvalida ikkinchi o'rinni egalladi. Hatto "Bavariya" ham undan pastroqda edi. Bunday muvaffaqiyatdan keyin jamoa sezilarli yo'qotishlarga uchrashi aniq edi. Himoyachi Valdemar Anton o'tgan mavsumda (3248ta) o'yin daqiqalari bo'yicha "Shtutgart"ning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi. Hujumchi Seru Girassi esa 30 ta gol urdi va klubning eng yaxshi to'purarlari ro'yxatida birinchi o'rinni egalladi. Yana bir muhim yo'qotish - markaziy himoyachi Xiroki Ito. Yaponiya terma jamoasi futbolchisi "Bavariya"ga o'tdi.

 

 

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Yozgi transfer oynasida katta daromad qilgan klublar | Zamon.uz