Sport

Parij Olimpiadasi chempioni ko‘chada tunni o'tkazdi

Bunga bir qator tashkiliy muammolar sabab bo'lgan.

Parij Olimpiadasi chempioni ko‘chada tunni o'tkazdi

 

Italiyalik suzuvchi Tomas Chekkon Parijda 100 metrga chalqancha suzishda oltin medalni qo‘lga kiritdi. G'alabadan bir necha kun o'tgach, yigit uysiz odam kabi skameykaning orqasida o't ustida uxlayotgani aks etgan rasm tarmoqlarda keng tarqaldi. 23 yoshli italiyalik sportchi Tomas Chekkonni Olimpiya qishlog‘idagi maysada uxlab yotgan holda ko‘rishgan. Uni krossovkasini yechib, sochiqni ustiga yopib, skameykaning orqasidagi piyodalar yo'lkasi bo'ylab yotganini ko'rish mumkin.

 

Dam olayotgan Chekkonni saudiyalik eshkak eshuvchi Husayn Alirizo payqab qolgan. U videoni o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifgasiga joylashtirdi va kinoyali izoh yozdi: "Bugun dam oling, ertaga g'alaba qozonasiz".

 

Ma'lum bo'lishicha, Tomas ko'chada uxlashining o'ziga yarasha sababi bor. Gap shundaki, italiyalik Olimpiya qishlog'ida sportchilar uchun yaratilgan sharoitlardan charchagan. 100 metrga chalqancha suzishda g‘alaba qozongan Chekkon 200 metr musofaga suzishda ijobiy natija qayd eta olmadi. Shundan so'ng u sportchilarning yashash sharoitlarini keskin tanqid qildi.

 

“Shaharchada konditsioner yo‘q, havo juda issiq, ovqat yomon. Shu sababdan ko'plab sportchilar sarson bo'lishmoqda. Avval yomg'ir yog'adi, keyin issiq bo'ladi, biz yetarlicha uxlolmayapmiz. Hovuzdagi suv esa juda sovuq. Biz bularning barchasidan charchadik”, - dedi italiyalik.

 

Olimpiya shaharchasi direktori Loran Mikoning ta'kidlashicha, agar sportchilar hali ham konditsionerga muhtoj bo'lsa, ular yaqinda unga ega bo'lishadi.

custom img

Behruz Karimov faoliyatini Shveysariyaning “Lugano” klubida davom ettiradi

18 yoshli futbolchi viza rasmiylashtirilgach, yangi jamoasi safiga qo‘shiladi.

custom img

UEFA Janni Infantinoni FIFA prezidenti lavozimidan chetlatmoqchi

UEFA FIFA prezidenti Janni Infantinoning Jahon chempionati tijorat huquqlarini xususiy investorlarga topshirish rejasi bekor qilinganidan so‘ng tashkilot rahbariyatiga nisbatan ishonchsizlik bildirdi.

custom img

“Bunyodkor” moliyaviy muammolar sabab Superliga doirasidagi safar o‘yiniga bormaydi

Jamoada xarajatlarni qoplash uchun mablag‘ mavjud emas.

custom img

UEFA FIFA tijoriy rejasidan voz kechmasa, JCHni boykot qiladi

UEFA va unga a’zo 55 ta milliy futbol assotsiatsiyasi FIFA Jahon chempionati bo‘yicha yangi tijoriy rejasini bekor qilmasa, tashkilot musobaqalarida ishtirok etmasligini ma’lum qildi.

custom img

FIFA sobiq Prezidenti Jahon chempionatiga investor jalb etish rejasini tanqid qildi

U mundial tijorat aktivi emas, balki jahon futbolining madaniy merosi ekanini ta’kidladi.

custom img

O‘zbekiston terma jamoasi FIFA kunlarida Janubiy Koreyaga qarshi maydonga tushadi

Uchrashuv Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tadi.

custom img

Eldor Shomurodovning goli JCh-2026'ning eng chiroyli 2-goli deb topildi

Shomurodov guruh bosqichining uchinchi turida Kongo DR darvozasiga gol kiritgandi.

custom img

Abduqodir Husanov “Manchester Siti” bilan shartnomasini 2031-yilgacha uzaytiradi

Husanov o‘tgan mavsum klub safida 37 ta uchrashuv o‘tkazib, jamoaning asosiy himoyachilaridan biriga aylandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"