Razambek Jamalov ham Olimpiada chempioni bo‘ldi
Shu tariqa delegatsiya hisobida oltinlar soni 6 taga yetdi.

O‘zbekiston delegatsiyasi hisobida oltinchi oltin medal. Mazkur medalga erkin kurashchimiz Razambek Jamalov mualliflik qildi.
-74 kg vazn toifasida ishtirok etgan polvonimiz chempionlik bahsida yaponiyalik Daichi Takatanini mag‘lubiyatga uchratishga muvaffaq bo‘ldi.
Shu tariqa O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar hozircha 6 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronzaga yetdi.







