Rossiya qo‘shinlari Zaporoje AESda yong‘in uyushtirdi
Bu haqida Vladimir Zelenskiy o‘zining Telegram kanalida Zaporoje atom elektr stansiyasi binosi tepasida tutun ko‘tarilayotgani aks etgan tasvirlarni eʼlon qildi.

Ukraina yetakchisi yong‘inni rus harbiylari boshlaganini daʼvo qilmoqda. Shu bilan birga, uning so‘zlariga ko‘ra, AES hududida radiatsiya ko‘rsatkichlari hozircha normal holatda.
Rossiyaning “RIA novosti” axborot agentligi Zaporoje AES xodimlariga tayanib, stansiya normal rejimda ishlayotgani haqida xabar berdi.
Ukrainaning Nikopol okrugi harbiy maʼmuriyati rahbari Yevgeniy Yevtushenkoning yozishicha, rossiyaliklar sovitish minorasida ko‘p sonli avtomobil shinalarini yoqib yuborishgan.







