Yerda kuchli magnit bo‘roni boshlandi
Bu haqida Amaliy geofizika instituti xabar berdi.

Yer magnit maydonidagi buzilish darajasi allaqachon G3 darajasiga yetdi. Bu besh ko‘rsatkichli monitoring shkalasida “kuchli” degan maʼnoni anglatadi. G5 “juda kuchli” va G1 “zaif” darajadagi magnit bo‘ronlari sanaladi.
G3 darajadagi magnit bo‘ronlari Yerdagi energiya tizimlari bilan bog‘liq. Jumladan, xavfsizlik tizimlarida noto‘g‘ri signallar va moy transformatorlarining qaynashi bilan bog‘liq muammolarni yuzaga keltirishi mumkin. Sunʼiy yo‘ldosh va past chastotali radionavigatsiyadagi va yuqori chastotali radioaloqadagi uzilishlar ham yuz berishi mumkin. O‘rta kengliklarda qutb yog‘dusini kuzatish mumkin.







