O‘tgan yil Yevropada 48 mingga yaqin kishi jaziramadan vafot etdi
Qayd etilgan o‘limlarning yarmidan ko‘pi 2023 yil iyul o‘rtalaridan avgustgacha bo‘lgan issiqlik to‘lqinlari paytida sodir bo‘lgan.

Barselonadagi ISGlobal instituti tomonidan Nature Medicine jurnalida chop etilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, 2023 yilda Yevropada 47 690 kishi jazirama issiqdan vafot etgan. Shunday qilib, o‘tgan yil oxirgi o‘n yillikda issiqdan o‘lim bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egalladi. Faqat 2022 yilda bu ko‘rsatkich yana-da yuqori bo‘ldi – 60 mingdan ortiq kishi.
Gretsiyada bir million aholiga issiqlik tufayli 393 ta o‘lim holati to‘g‘ri keladi, undan keyin Bolgariya — 229 o‘lim, Italiya — 209 o‘lim va Ispaniya bormoqda — 175 o‘lim. Tadqiqotchilar 2023 yil rekord darajadagi eng issiq yil bo‘lib, janubiy Yevropada o‘lim darajasi eng yuqori bo‘lganini aniqladi. Taqqoslash uchun, Germaniyada bunday o‘limlar soni har million aholiga 76 tani tashkil qiladi.
"Bizning natijalar jamiyatlar bu asrda yuqori haroratga qanday moslashganini ko‘rsatadi, so‘nggi yoz fasllarida issiqlik bilan bog‘liq zaiflik va o‘lim sezilarli darajada ko‘paydi, ayniqsa keksa odamlar orasida", — dedi tadqiqot rahbari Eliza Gallo.
Hujjatda aytilishicha, tadqiqotda Yevropaning 35 mamlakatidagi harorat va o‘lim ko‘rsatkichlari tahlil qilingan.
Tadqiqot mualliflarining taʼkidlashicha, sog‘liqni saqlashni yaxshilash, erta ogohlantirish tizimlari, aloqani yaxshilash va mehnatni muhofaza qilish sohasidagi o‘zgarishlar kabi moslashuv choralarisiz bunday o‘limlar soni 80 foizga ko‘p bo‘ladi. ISGlobal, shuningdek, texnogen global isish tufayli issiqlik bilan bog‘liq o‘lim holatlari ko‘payishini taʼkidladi.







