O'zbekiston

Toshkentda Labo temir ustunga urilib, avariyaga uchradi

Hodisa oqibatida 43 yoshli erkak vafot etgan.

Toshkentda Labo temir ustunga urilib, avariyaga uchradi

Maʼlum bo‘lishicha, YTH tongi soat 05:00 larda Yangihayot tumanida sodir bo‘lgan. O‘rganish ishlari davomida haydovchi rul boshqaruvini yo‘qotganligi sababli temir ustunga urilganligi aniqlandi.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, haydovchi 1993 yilda, yo‘lovchi esa 1981 yilda tug‘ilgan. Voqea joyiga tibbiyot xodimlari yetib borib, jarohatlangan shaxslarga yordam ko‘rsatgan.

 

“Joriy yilning 10 avgust sanasida Yangihayot tumani tez tibbiy yordam bo‘limiga avtohalokat bo‘yicha chaqirish tushdi. Hodimlarimiz tezkorlik bilan voqea joyiga yetib bordi. Ikki kishi tan jarohati olgan ekan. Yo‘lovchi hayot uchun xavfli bo‘lgan tan jarohatlari olganligi uchun, undan biologik o‘lim qayd etildi. Haydovchiga birinchi yordam ko‘rsatilgan”, — dedi shifokor.

 

Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

custom img

Rossiya, Vetnam va Tailanddagi tajriba: Chirchiqda narkolaboratoriya fosh etildi

Giyohvandlik vositalarini tayyorlash va sotish bilan shug‘ullangan 4 nafar fuqaro ushlandi.

custom img

“Mutlaqo xavfsiz”, “nojo‘ya taʼsiri yo‘q”: Raqobat qo‘mitasi tibbiy xizmatlar reklamasi bo‘yicha ogohlantirdi

Qo‘mita tibbiy xizmatlar reklamasida davolash natijasini kafolatlash, mutlaq xavfsizlikni vaʼda qilish yoki qarshi ko‘rsatmalarni inkor etishga yo‘l qo‘yilmasligini eslatdi.

custom img

Pul, telefon va soatlarni zo‘rlik bilan tortib olishdi: Namanganda 7 nafar talaba ushlandi

Texnikum talabalari 4 nafar tengdoshining buyumlarini ochiqdan-ochiq zo‘rlik ishlatib tortib oldi.

custom img

Bog‘cha bolalari xavfsizligiga beparvolik: haydovchi ushlandi

Haydovchi Damas‘da 16 nafar bog‘cha bolasini olib ketayotgani aniqlangan.

custom img

1,293 mlrd so‘mlik zargarlik buyumlari: “Dubay–Toshkent” reysida noqonuniy yuk aniqlandi

O‘zbekistonga kirib kelgan fuqaroning yukidan deklaratsiyada ko‘rsatilmagan 921,37 gramm zargarlik buyumlari va 3 dona oltin quyma topilgan.

custom img

18 mln dan ortiq firibgarlik operatsiyasi: banklarda 461 mlrd so‘mlik mablag‘ chiqib ketishining oldi olindi

Banklardagi antifrod tizimlarining 6 oylik natijalarni e’lon qilindi.

custom img

Omonatdagi pulni o‘zlashtirish: Toshkentda bank mas’ullariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Tijorat banki mas’ullari fuqaro nomidan qalbaki hujjatlar rasmiylashtirib, uning omonatidagi 300 ming dollarni o‘zlashtirgan.

custom img

25 va 50 foiz: talabalar uchun kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi

Qo‘shimcha muddat bakalavriat va magistraturaga tavsiya etilgan abituriyentlar, o‘qishi ko‘chirilgan yoki ko‘chirib tiklangan hamda qayta tiklangan talabalarga tegishli.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"