Salomatlik

Organizm barqaror ishlashi qaysi gormonlarga bog‘liq?

Mutaxassis bu bo‘yicha maʼlumot berdi.

Organizm barqaror ishlashi qaysi gormonlarga bog‘liq?

Ichki sekretsiya bezlari inson tanasida gormonlar ishlab chiqarib, ular deyarli barcha hayotiy jarayonlarni tartibga soladi. Xo‘sh, organizmda qaysi gormon, qanday vazifa bajaradi? Ular faoliyatiga qaysi omillar salbiy taʼsir etishi mumkin?

 

— Inson tanasi murakkab bo‘lib, uning barqaror ishlashi ko‘p jihatdan gormonlar muvozanatiga bog‘liq, — deydi mutaxassis. — Ular biologik faol moddalar bo‘lib, asosan, ichki sekretsiya bezlarida hosil bo‘ladi va organizm funksiyalarini tartibga soladi. Yaʼni gormonlar butun tanaga tarqalib, aʼzo va to‘qimalar faoliyatini bir meʼyorda boshqaradi.

 

Misol uchun, kalsitonin va triyodtironin (T3) hamda tiroksin (T4) qalqonsimon bez gormonlari bo‘lib, ularning birinchisi parafolekulalaridan ajralib, fosfor va kalsiy almashinuvini boshqaradi. triyodtironin va tiroksin esa tananing yodga bo‘lgan ehtiyojini qondiradi. Aynan ular qalqonsimon bezning barqaror ishlashiga xizmat qiladi.

 

Shuningdek, estrogen — ayollik, testosteron — erkaklik, adrenalin — buyrak usti bezida ishlab chiqariladi. Yaʼni jinsiy gormonlar reproduktiv salomatlikni tartibga solsa, adrenalin vujudni stressga tayyorlaydi.

 

Insulin esa organizmdagi qand miqdorini bir meʼyorda ushlab turishga “masʼul”. Oshqozon osti bezida ishlab chiqariluvchi bu moddaning yetishmasligi qandli diabetni keltirib chiqaradi.

 

Kortizol — stress, ochlik yoki to‘qlikni nazorat qiluvchi gormon ham deyiladi. U quyosh nurida ko‘p yurish, kaloriyasiz, kam vitaminli taomlar yeyish oqibatida kamayib ketadi. Bu esa buyraklar faoliyatiga salbiy taʼsir etishi mumkin. Aksincha ko‘payib ketishi buyraklarga ortiqcha bosim yuklaydi.

 

Gipofiz — miya ichida joylashgan va tanadagi barcha gormonlar faoliyatini boshqaradi. Gormon ishlab chiqaruvchi aʼzolar va endokrin tizim bir-biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, zarurat bo‘lmasa, ular faoliyatiga aralashish kerak emas.

 

Ammo endokrin bezning yaxshi ishlamasligi gormonlar faoliyatiga ham salbiy taʼsir qilishi mumkin. Bu holat ko‘pincha turli xavfli o‘smalar, nosog‘lom turmush tarzi, noto‘g‘ri ovqatlanish, uyqusizlik va stress sabab yuzaga keladi.

custom img

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

custom img

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

custom img

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

custom img

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

custom img

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

custom img

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

custom img

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

custom img

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"