Eng dolzarb

O‘zbekistonda maymun chechagiga qarshi dori vositalari zaxirasi tashkil etildi

Sanepidqo‘mita maymunchechakka qarshi olib borilayotgan tadbirlar haqida maʼlumot berdi.

O‘zbekistonda maymun chechagiga qarshi dori vositalari zaxirasi tashkil etildi

Sanepidqo‘mita boshqarma boshlig‘i Rustamjon Ikramovning maʼlum qilishicha, respublikaga maymun chechagi kasalligi kirib kelgan taqdirda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan tayyorgarlik choralari ko‘rildi.

 

Quyidagilar amalga oshirildi:

 

Yuqumli kasalliklar shifoxonasida shifo-o‘rinlari, zarur dori vositalari zaxirasi tashkil etildi;

 

kasallikka chalingan bemor bilan muloqotda bo‘lganlarni 21 kun mobaynida tibbiy kuzatuvini tashkil etish belgilandi;

 

kasallikni chetdan kirib kelishi va tarqalishini oldini olish borasida xalqaro aeroportlarda, temir yo‘l va avtomobil yo‘llari orqali chegara kesishgan joylarda sanitariya nazorati punktlari mutaxassislarining hushyorligi oshirildi;

 

Maymun chechagi kasalligining etiologiyasi, klinikasi, epidemiologiyasi va profilaktikasi bo‘yicha uslubiy qo‘llanma asosida mutaxassislarning malakasi oshirildi;

 

Kasallikni laborator aniqlash uchun test-diagnostikum zaxirasi yaratilmoqda.

 

“Albatta, bu xabarlardan turlicha talqin yaratadiganlar ham topiladi, lekin sizlarni ishontirib aytamanki ushbu kasallik bizning yurtimizga kirib kelmaslik choralari qatʼiy ravishda amalga oshirilmoqda. Siz va bizning vazifamiz xar qanday holatda shifokorlarga ishonch bildirgan holda o‘z sog‘lig‘imizga o‘zimiz jiddiy munosabatda bo‘lishimiz zarur”, — dedi Ikramov.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, turli davlatlarga tashriflar chegaralangani yo‘q. Biroq, o‘sha davlatlarda bo‘lib qaytgandan so‘ng yoki boshqa sabablarga ko‘ra sog‘liqdagi baʼzi o‘zgarishlarni faqat shifokorlarga murojaat qilgan holda to‘g‘ri tashhislash va davolash kerakligini unutmaslik so‘raldi.

 

Maʼlumot uchun, maymun chechagi – virusli infeksiya bo‘lib, odamlarga, ifloslangan narsalar yoki kasal hayvonlar bilan muloqot va jinsiy muloqot orqali yuqishi mumkin.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

O‘zbekistonda maymun chechagiga qarshi dori vositalari zaxirasi tashkil etildi | Zamon.uz