“Prava”si olib qo‘yilganlar tomonidan sodir etilgan YTHlarda 212 kishi halok bo‘lgan
2023-yilda transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilinganiga qaramay, qaytadan rulga o‘tirgan shaxslar 707 ta yo‘l-transport hodisasini sodir etgan.

Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi Qutbidin Burxanov 2024 yilning iyul oyida IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati boshlig‘i lavozimiga yangi tayinlangan Sherzod Ibragimov hamda soha masʼullari bilan uchrashib, tizimda amalga oshirilayotgan ishlar, yutuqlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni muhokama qildi.
Taqdim etilgan maʼlumotlarga ko‘ra, 2023 yilda transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilinganiga qaramay, qaytadan rulga o‘tirgan shaxslar 707 ta yo‘l-transport hodisasini sodir etgan.
Buning oqibatida 212 nafar shaxs halok bo‘lgan va 546 kishi turli darajadagi tan jarohatlarini olgan.
Umuman olganda, haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilinganlar umumiy haydovchilar sonining 0,3 foizini tashkil qilgani holda, ular tomonidan sodir etilgan yo‘l-transport hodisalari umumiy YTHlarning 11 foiziga to‘g‘ri kelgan.







