“Al-Hilol” Kanseluning transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi
Tovon puli 35 million yevroni tashkil qilishi mumkin.

“Manchester Siti” va Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubi 30 yoshli portugaliyalik o‘ng qanot himoyachisi Joau Kanseluning transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi. Manbaga ko‘ra, tovon puli kamida 35 million yevroni tashkil qilishi mumkin.
Futbolchi o‘tgan mavsumni Ispaniyaning “Barselona” jamoasida ijara asosida o‘tkazdi va u yerda barcha turnirlarda 42 ta o‘yinda qatnashib 4 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 2023-yilning yanvaridan iyunigacha Joau Kanselo Myunxenning “Bavariya” klubida ijara asosida o‘ynagan.
Futbolchi 2019-yilning avgust oyida Italiyaning “Yuventus” klubidan “Manchester Siti”ga 65 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgan.







