Qozog‘istonlik bokschi Bahodir Jalolovni nokaut qilmoqchi
Jang kelasi yil bo'lib o'tishi mumkin.

Og‘ir vazndagi qozog‘istonlik bokschi Ivan Dychkoning o‘zbekistonlik ikki karra Olimpiada chempioni Bahodir Jalolov bilan ehtimoliy jang vaqtini ma’lum qildi.
“O‘ylashimcha, Jalolov bilan jang kelasi yili bo‘lib o‘tishi mumkin”, - dedi Aliyev.
Ma’lumot uchun, kecha, 21-avgust kuni Ivan Dychko amerikalik boskchi Kreyg Lyuisnga qarshi ringga ko‘tarilib, uni ikkinchi raundda nokautga uchratdi. Dychko o‘zbekistonlik bokschi bilan professional tarzda uchrashishga qarshi emasligi va uni nokautga uchratishi haqida va’da bergan.
Shu bilan birga, Bahodir Jalolov yaqinda bo‘lib o‘tgan Parijdagi yozgi Olimpiada bahslarida ikki karra olimpiya chempionligini qo‘lga kiritdi. Musobaqa yakunida u havaskor sport faoliyatini yakunlashi va professionallarga to‘liq o‘tishini ma’lum qildi.







