Saudiyada yana bir kuchli klub paydo bo'lmoqda
Jamoa yaqinda "Real Madrid"ning sobiq sardorini o'z safiga qo'shib oldi.

Saudiya ligasida yana bir ulkan loyiha paydo bo'ldi. O'tgan yozda mahalliy klublar xorijlik yulduz futbolchilarni xarid qilish uchun katta mablag' sarflashgan. Qoidaga ko'ra, bu futbolchilar "Al-Hilol", "Al-Nasr", "Al-Ittihod" va "Al-Ahli" klublariga borishgan. Ammo, endi ligada jiddiy ambitsiyalarga ega yangi klub paydo bo'ldi. "Al-Qodisiya" FIFA bilan homiylik shartnomasiga ega "Aramco neft" kompaniyasiga tegishli. Rahbariyat liganing eng yaxshi klublarini kurashga majburlashga umid qilmoqda.
2023-yilning yozida "Liverpul"ning afsonaviy sobiq hujumchisi Robbi Fauler klub bosh murabbiyi lavozimini egalladi. Biroq, u bu lavozimda bor-yo‘g‘i 117 kun ishladi. Fauler o'rniga "Real"ning sobiq futbolchisi Mishel tayinlandi. Ispaniyalik futbolchi yetti karra La Liga chempioni, 4 karra mamlakat Superkubogi sohibi, ikki karra Qirol kubogini qo'lga kiritgan. Bundan tashqari, u ikki marta UEFA kubogida g'olib chiqqan. Mishel deyarli butun futbolchilik faoliyatini "Real Madrid"da o'tkazgan. Futbolchi Ispaniya terma jamoasi safida 66 ta o‘yin o‘tkazib, 21 ta gol urgan. Mishel murabbiylik faoliyatini 2005-yilda boshlagan. Avvaliga Ispaniya klublarida ishlagan, keyin esa xorijga ketgan. Saudiya Arabistoniga safari oldidan Mishel Gretsiya klubida faoliyat olib borgan. Ispaniyalik murabbiy qo‘l ostida “Al-Qodisiya” 26 uchrashuv o‘tkazdi (16 g‘alaba, besh durang, besh mag‘lubiyat). Lekin, asosiysi klub Saudiya futbolining elit divizioniga qaytdi. Endi rahbariyat jamoa oldiga oliy ligadagi o'rnini saqlab qolishdan ko'ra jiddiyroq maqsadlarni qo'ymoqda.
Bu yozda “Al-Qodisiya” 59 million yevroga yangi futbolchilarni sotib oldi. Klub meksikalik hujumchi Julian Kinones uchun 13,8 million yevro va “Xetafe”dan markaziy himoyachi Gaston Alvares uchun 12 million yevro to'lagan. "Marsel" esa hujumchi Per-Emerik Obameyang uchun 9 million yevro oldi. Obameyang Yevropaning yetakchi chempionatlarida o‘ynashda katta tajribaga ega. “Al-Qodisiya”ning yana bir muhim xaridi bu “Real”ning sobiq sardori Nacho Fernandes. U 6 marta Chempionlar ligasi, 4 marta Ispaniya chempioni, 2024-yilda esa Yevropa chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bunday boy tajribaga ega 34 yoshli futbolchining "Real" bilan shartnomasi yakunlangani sababli Saudiya klubiga tekinga berildi. Bundan tashqari, urugvaylik yarim himoyachi Naitan Nandezning transferini ham qayd etish lozim. Yarim himoyachi bundan avval "Kalyari"da o'ynagan.







