“Real”ning ikkinchi tarkib futbolchilari o‘zini ko‘rsatmoqda
Klub Ispaniya chempionatida ikkinchi tur uchrashuvini o'tkazdi.

Ispaniya chempionatida "Real" va "Valyadolid" to'qnash keldi. 2-tur o'yinida muxlislar Madrid klubidan faqat g'alaba kutishgandi va yakunda shunday ham bo'ldi. Chempionlar ligasi va UEFA Superkubogining amaldagi g'olibi uchun ketma-ket ikki turda ochko yo'qotishi ko'plab tandiqlarga sabab bo'lardi.
Garchi, madridliklar yirik hisobda ga'alaba qozongan bo'lsada, "Real" uchun uchrashuv uncha yaxshi o'tmadi. Birinchi bo'lim nisbatan teng kurashlar ostida kechdi. Ikkala jamoa ham gol urish imkoniyatini yarata olmadi. Birgina, 32-daqiqada Mbappening o'tkir burchak ostida yo'llagan zarbasi ko'pchilikning esida qoldi. "Real Madrid"ning asosiy hujum triosida Kilian, Vinisius va Rodrigo harakat qilmoqda. Karlo Anchelotti o'yin davomida bir nechta majburiy o'zgarishlarni amalga oshirishiga to'g'ri keldi. Arda Guler jarohat olgan Jud Bellingem o'rniga, Fransisko Garsiya esa diskvalifikatsiya qilingan Ferland Mendining o'rniga asosiy tarkibda maydonga tushdi.
Ikkinchi bo'lim boshida "Real" hisobni ochishga muvaffaq bo'ldi. Gulerning jarima zarbasidan so'ng, Federiko Valverde raqib darvozasiga to'p kiritdi. Hisob ochilganidan keyin, "Real"da imkoniyatlar bo'la boshladi. Gulerda bir qancha qulay vaziyatlar bo‘ldi, lekin har safar uning zarbalari bartaraf etildi. 69-daqiqada esa turkiyalik futbolchi Luka Modrichga o'z o'rnini bo'shatib berdi. “Real” ikkinchi bo‘limda yaxshi o‘yin ko‘rsatgan bo‘lsada, bir to‘p ustunligi futbolchilarni uzoq vaqt asabiylashtirdi. Mezbonlarning g'alabasini Brahim Dias kafolatlab berdi, u darvozabon bilan yakkama-yakka qolib, chiroyli tarzda to'pni raqib darvozasiga joylab qo'ydi. Endrik esa o'yin yakunida raqibini chiroyli tarzda aldab o'tib, yaqin burchakka zarba yo'llab, yakuniy nuqtani qo'ydi - 3:0. Shu tariqa "Real Madrid" uch ochkoni qo'lga kiritdi.







