Kataloniyaliklar Messidan keyin ilk bor "Rayo Valekano"ni mag'lub etdi
G'alaba golini Dani Olmo o'z hisobiga yozib qo'ydi.

“Barselona” qatorasiga uchinchi turda ham 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, La Ligada peshqadamga aylandi. Ispaniya chempionatida faqat Xans-Diter Flik shogirdlari mag'lubiyatsiz odimlamoqda. Yangi murabbiy uchun ajoyib start.
"Biz yaxshi boshladik, ammo keyingi haftada hammasi o'zgarishi mumkin", - dedi "Barsa" murabbiyi. Mavsum omadli boshlanganidan xursandmiz va o'zimizga ishonamiz. Maqsadimiz har doim chempionlikni qo'lga kiritish. Bu esa uzoq yo‘l”.
"Barselona" Leo Messi klubni tark etganidan beri "Rayo Valekano"ni mehmonda mag'lub etmagandi. "Valyekas" stadionidagi bu o'yinning boshlanishi esa kataloniyaliklar uchun omadli bo'lmadi. Mezbonlar tajovuzkorroq bo'lishdi va pressing qilishdi. 9-daqiqada tezkor gol urishdi. De Frutos o'ng qanotdan jarima maydonchasiga uzatma berdi va Unai Lopes gol urdi.
Hisob 0:1 bo'lgandagina Flik shogirdlari vaziyatlar yaratishga kirishishdi. Yamal o'zining ajoyib harakatlari bilan raqiblarini shoshirib qo'ydi. Birinchi bo‘limda Levandovskida gol urish imkoniyati bo'lmadi. "Barselona" umuman hujumni kuchaytirishi kerak edi va tanaffusdayoq Flik yangi futbolchi Olmoni maydonga tushirdi. Yevro-2024 yulduzi Kataloniya jamoasida debyut qildi.
Olmo tushgandan so'ng "Barselona" hujumda faolroq o'ynay boshladi. Shunday vaziyatlarning birida Rafinyaning uzatmasidan so'ng, Pedri hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo'ldi. Pedri ikkita teginish bilan epizodni hal qilgandi.
O'yin tugashiga 20 daqiqa qolganida raqibga bosim qilayotgan "Barselona" yana gol urdi. Biroq, Levandovskining goli hujumda o'yin qoidasi buzilgani sababli, hakamlar tomonidan bekor qilindi. Ammo, yakunda katta ustunlikka ega bo'lgan "Barsa" baribir o'z maqsadi yetdi. Olmo 82-daqiqada g‘alaba to‘pini kiritdi. Kataloniyaliklar Yamalning navbatdagi uzatmasi evaziga mezbonlar himoyasining chap qanotini yorib o'tishdi. Lamin Danini ko'rdi va to'pni unga uzatdi. Olmo ham bu imkoniyatdan to'liq foydalanishga muvaffaq bo'ldi. Shu tariqa, kataloniyaliklar haqli g'alabani qo'lga kiritishdi.







