Kubaro Hakimova kumush medalni qo‘lga kiritdi
Bu haqida Parij Paralimpiadasini yoritayotgan hamkasbimiz Uchqun Namozov xabar qildi.

Yadro uloqtirish bo‘yicha Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Kubaro Hakimova 2018 yildan buyon para yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi aʼzosi.
Musobaqalarda F41 klassida ishtirok etadi. Hanchjou-2022 Para Osiyo o‘yinlarida oltin hamda 2023 yil Parijda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritgan. 2023 yil Parijda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida yadro uloqtirish bo‘yicha Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlari litsenziyasini qo‘lga kiritgan.







