Salomatlik

Doimiy stressdan qanday qutulish mumkin?

Bu bo‘yicha mutaxassis maʼlumot berdi.

Doimiy stressdan qanday qutulish mumkin?

— Tan olish kerak, stressning foydali jihatlari ham bor. Sababi, bu himoya mexanizmi bizga inqirozli, ekstremal vaziyatlarda omon qolishga yordam beradi. Biroq bu holat doimiy ravishda ro‘y berishi organizmga jiddiy zarar yetkazadi. Xususan, yurak-qon tomir tizimiga yuklama ortadi, hujayrlarning qarishi tezlashadi, — deydi mutaxassis.

 

Qolaversa, doimiy stress insonning Immun tizimini zafilashtiradi. Buning oqibatida esa “uxlab yotgan” kasalliklar qo‘zg‘aladi, mavjudlari esa kuchayadi. Stress gormonlarining betartib ishlab chiqarilishi qandli diabet rivojlanishi, yuzda toshmalar paydo bo‘lishi, soch to‘kilishi, keskin ozib ketish, oshqozon yarasi va boshqa jiddiy patologiyalarga olib kelishi mumkin.

 

Bundan ko‘rinib turibdiki, stress ko‘pchilik o‘ylagandek ruhiy holatga emas, balki turli fiziologik o‘zgarishlarni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan reaksiyadir.

 

— Stressdan qutilish uchun nimalarga amal qilish kerak?

 

— Birinchi navbatda, inson stressning asl mohiyatini anglashi, yaʼni uni ko‘zg‘atuvchi omillarni aniqlab, ularning oldini olishi kerak. Stressli vaziyatga tushib qolsangiz, vahima bosishiga yo‘l qo‘ymang, chuqur nafas olib, tinchlanishga harakat qiling.

 

Bundan tashqari, muntazam jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanish tavsiya etiladi. Sababi jismoniy faollik “baxt” gormonlari ishlab chiqarilishiga yordam beradi va insonning kayfiyatini ko‘taradi.

 

Stressning oldini olishda sog‘lom uyqu, to‘g‘ri ovqatlanish, yaʼni foydali vitamin va minerallarga boy bo‘lgan mahsulotlarni ko‘proq isteʼmol qilish ham muhim rol o‘ynaydi.

 

Agar stressdan mustaqil ravishda qutila olmasangiz, yordam so‘rab yaqinlaringiz yoki shifokorga murojaat qilishdan tortinmang.

custom img

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

custom img

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

custom img

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

custom img

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

custom img

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

custom img

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

custom img

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

custom img

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"