Sport

“Oltin to‘p” uchun jiddiy bahs

Ikkita futbolchi asosiy da’vogar bo'lib turibdi.

“Oltin to‘p” uchun jiddiy bahs

 

"France Football" jurnali 2023/2024-yilgi mavsumda "Oltin to'p" uchun 30 nafar nomzod nomini e'lon qildi. G‘olib nomi 28-oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan tantanali marosimda e’lon qilinadi. 21 yil ichida birinchi marta Lionel Messi ham, Krishtianu Ronaldu ham davogarlar ro'yxatidan joy olishmadi. Ko'rsatkichlarga ko'ra, sovrin "Real"dan Vinisius yoki "Manchester Siti"dan Rodriga beriladi.

 

Hujumchi va yarim himoyachining o'yinini solishtirish yanada qiyinroq ish. Ko'rinib turibdiki, ular tubdan farqli o'yin uslublariga ega. Biroq, mukofotning o'zi turli pozitsiyadagi o'yinchilarni taqqoslashni o'z ichiga oladi.

 

Raqamlar faqat maydondagi pozitsiyalar orqali belgilanishi kerak. Masalan, Vinisusning 78% uzatmalarini aniq amalga oshirilgan. U raqib darvozasiga yaqinroq o'ynaydi, braziliyalikning vazifasi vaziyatni keskinlashtirish. Rodri har bir o'yinda 150 dan ortiq aniq uzatmalarni amalga oshirishi mumkin, ammo buning o'zi hech narsa bermaydi. 2022-yilgi jahon chempionatida to'pga egalik qilishdan boshqa deyarli hech narsa ko'rsatmagan Ispaniya terma jamoasini eslash kifoya. Ammo, Rodri terma jamoada ham, klubda ham hujumlar yo‘nalishini belgilab beruvchi futbolchiga aylangan. Bu borada boshqa futbolchilardan yaxshiroq harakat qiladi.

 

Bir qarashda ajablantiradigan ko'rsatkich - bu golli uzatmalar soni. Bu yerda Rodrining ustunligi nisbiy. Maydondagi o'yin yoki daqiqalarga golli uzatma nisbatini oladigan bo'lsak, Vinisius oldinda. Boshqa tomondan, braziliyalikning jarohat tufayli 75 kun maydonga tusha olmaganligi unga foyda keltirmaydi.

 

Lekin, hayratlanarli narsa - muvaffaqiyatli driblinglar foizi. Vinisiusning mahorati va maydondagi pozitsiyasi uning ushbu komponentda ustun bo'lishini ko'rsatadi. Agar biz faqat Ispaniya chempionatini oladigan bo'lsak, unda uning foizi undan ham pastroq - 36,9%. Ya'ni, ko'p hollarda braziliyalik driblingni boshlasa, to'pni yo'qotadi. O‘tgan mavsumda boshqa yulduz driblingchilarning ko‘rsatkichi yuqoriroq bo‘lgan: Kilian Mbappe (45,9%), Rafael Leao (50%), Jeremi Doku (51,5%), Jamol Musiala (56,5%).

 

Jadvalda aks ettirilmagan bitta parametr mavjud bu - intizom. Rodrining sariq kartochkalari biroz ko'proq, deyish mantiqqa to'g'ri kelmaydi, chunki uning pozitsiyasi brinchi navbatda raqib hujumlarini to'xtatish bilan bog'liq. Bunday vaziyatda himoyachining sariq kartochkalari biroz ko'proq bo'lsa ajabmas. Vinisiusda ham muxlislar, ham hakamlar bilan bahslashadigan odati bor. Biroq, 2023/2024-yilgi mavsumda hujumchi faqat turli harakatlari uchun ogohlantirish olgan.

custom img

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

custom img

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

custom img

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

custom img

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

custom img

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

custom img

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

custom img

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi yana uchta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik sportchilar Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarining navbatdagi bahslarida aralash jang sanʼati va ushu yo‘nalishlarida uchta kumush medalga sazovor bo‘ldi.

custom img

Osiyo o‘yinlari: O‘zbekiston U-23 jamoasi chorak final yo‘llanmasini naqd qildi

Ravshan Haydarov shogirdlari muddatidan avval guruhdan chiqish vazifasini uddaladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"