JCH-2026 saralashi: O‘zbekiston Qirg‘izistonni mag‘lubiyatga uchratdi
O‘yin 3:2 hisobida yakunlandi.

JCH-2026 saralashi doirasidagi Qirg‘iz Respublikasi hamda O‘zbekiston o‘rtasidagi bahs bo‘lib o‘tdi va unda vakillarimiz 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Joel Kojo hisobni ochgan bo‘lsa, Shomurodov navbatdagi hujumning o‘zidayoq muvozanatni tikladi. 35-daqiqada Odiljon Abdurahmonov qo‘shnilarimizni hisobda olib chiqqan bo‘lsa, Alqulov tenglashtiruvchi, O‘runov esa g‘alaba golini kiritdi.
Shu tariqa, "oq bo‘rilar" ikkinchi turda ham 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.







