O'zbekiston

Prezident Olimpiya shaharchasi qurilishini borib ko‘rdi

Bu majmua kelgusi yil bo‘lib o‘tadigan yoshlar o‘rtasida Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari uchun qurilmoqda.

Prezident Olimpiya shaharchasi qurilishini borib ko‘rdi

Musobaqalar Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi tomonidan tan olingan 29 ta sport turi bo‘yicha o‘tkaziladi. Ularda qitʼamizning 45 ta davlatidan 3 mingdan ziyod sportchi ishtirok etishi kutilmoqda.

 

100 gektar maydonga yoyilgan Olimpiya shaharchasida bularning barchasi uchun sharoit bo‘ladi. Bugungi kunda asosiy inshootlarda jadal qurilish ketmoqda. Xususan, 12 ming o‘rinli olimpiya stadioni, har biri 2 mingdan tomoshabinga mo‘ljallangan velodrom, suv sporti saroyi, yakkakurashlar va jamoaviy o‘yinlar majmualari qad ko‘tarib qolgan.

 

Davlatimiz rahbari ushbu inshootlarda bo‘lib, qurilishning borishini ko‘zdan kechirdi. Mutasaddilar ochilish marosimi va musobaqalar paytida bo‘lajak sharoitlar yuzasidan axborot berdi.

 

Shavkat Mirziyoyev qulaylik va xavfsizlik masalalariga alohida eʼtibor qaratdi. Bu jarayonlarni yuqori darajada raqamlashtirish, sunʼiy intellekt vositalaridan keng foydalanish lozimligini taʼkidladi.

 

Olimpiya shaharchasida, shuningdek, futbol, voleybol, tennis, chim ustida xokkey, yengil atletika kabilar bo‘yicha 15 ta ochiq maydon bo‘ladi. Muzey va ofislarni o‘z ichiga olgan maʼmuriy bino, bog‘lar, sunʼiy ko‘l barpo etiladi.

 

Prezidentimiz majmua  bunyodkori - Xitoyning “CAMC Engineering” kompaniyasi mutasaddisi bilan ham suhbatlashdi.  

 

Osiyo o‘yinlaridan keyin Olimpiya shaharasidan samarali foydalaniladi. Prezidentimiz taʼkidlaganidek, bu joy mamlakatimiz sportining ilmiy, amaliy, o‘quv-mashg‘ulot markazi bo‘ladi. Sport vazirligi, Antidoping agentligi, Davlat sport akademiyasi, Jismoniy tarbiya ilmiy-tadqiqotlar instituti, Sport turlarini rivojlantirish markazi shu yerda joylashadi. Professional sportchilarni tayyorlash va mahoratini oshirish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Hududiy sport tashkilotlarining shaharcha infratuzilmasidan foydalanishi yo‘lga qo‘yiladi.

 

Bu yerda “aqlli shahar” konsepsiyasiga asoslangan zamonaviy boshqaruv tizimi joriy etiladi. Umuman, shaharcha sport va sog‘lomlashtirish markazi sifatida uzoq yillar xalqimizga xizmat qiladi.

custom img

Saida Mirziyoyeva Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan ham uchrashdi

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi strategik sheriklikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

“Elektr uzildi” degan gap odamlarning esidan chiqib ketdi — Shavkat Abdurazzoqov

Namangan viloyati hokimi viloyatda elektr ta’minoti yaxshilangani va yirik energetika loyihalari amalga oshirilayotganini ta’kidladi.

custom img

Homiladorlik va kasallik nafaqalari “Baraka” ijtimoiy kartasiga o‘tkaziladi

Nafaqa olish uchun bankka borish, alohida hisob ochish yoki qo‘shimcha ariza topshirish talab etilmaydi.

custom img

“Bu sizlarga yangi kuch-g‘ayrat va ilhom beradi” — Shavkat Mirziyoyev

Prezident davlat mukofotlarini tantanali ravishda topshirib, ularga kelgusi faoliyatida yangi kuch va ilhom tiladi.

custom img

COP17: O‘zbekistonda yerlarni tiklash uchun yangi investitsiya tashabbuslari ilgari surildi

Tadbirda Qoraqalpog‘iston tajribasi, yerlarni tiklash loyihalarini moliyalashtirish va yangi ilmiy-amaliy markazlar tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Cho‘llarni o‘zlashtirgan dehqondan usta-naqqoshgacha — fidoyi yurtdoshlar mukofotlandi

Surxondaryolik mehnat faxriysi Abdusattor Qurbonovning dehqonchilikni rivojlantirish va cho‘llarni o‘zlashtirishdagi mehnati alohida e’tirof etildi.

custom img

558 nafar fidoyi inson yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

Shavkat Mirziyoyev barcha yutuqlar xalqning fidokorona mehnati bilan qo‘lga kiritilayotganini ta’kidladi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev o'zbek xalqiga minnatdorlik bildirdi

Prezident Yangi O‘zbekistonning so‘nggi o‘n yillikdagi asosiy natijalarini qayd etdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"