Sport

Holand Ronalduning natijasini takrorlay oladimi?

Hujumchi APLning dastlabki to‘rt turida to‘qqizta golga mualliflik qildi.

Holand Ronalduning natijasini takrorlay oladimi?

Erling Holand yana raqiblarini ortda qoldirmoqda. Mavsum endi boshlandi, ammo eng yaxshi to‘purar masalasi allaqachon maʼlum bo‘lib ulgurdi. Hujumchi to‘rt turda to‘qqizta gol urdi - bu Premyer-liga rekordi. Norvegiyalikning chempionatdagi boshqa jamoalarga qaraganda ko‘proq gollari mavjud. Premyer-ligada 70 ta o‘yinda 72 ta gol urgan futbolchi uchun bu hech qanday yangilik emasligi, tabiiy.

 

U 2022/2023 yilgi mavsumda “Siti” safida debyut qildi va o‘sha mavsumning o‘zidayoq 36 ta gol bilan liga rekordini o‘rnatdi. Avvalgi rekord Endi Koul va Alan Shirerga tegishli bo‘lib, ularning hisobida 34 tadan gol bor edi. Bu 1990 yillar sodir bo‘lgan edi, o‘shanda Angliya chempionatida 22 ta jamoa qatnashgan va shunga mos ravishda ko‘proq o‘yinlar o‘tkazilgan. Keyinchalik Holand biroz omadsiz mavsum o‘tkazdi, ammo baribir 27 gol bilan Premyer-liganing eng yaxshi to‘purariga aylandi.

 

Xosep Gvardiola, "Manchester Siti" bosh murabbiyi;

 

“Men “Barselona”da 11 yil o‘ynadim. Bu vaqt ichida 11 ta gol urdim. Bu yerda Holand allaqachon to‘rtta o‘yinda to‘qqizta gol muallifiga aylandi. Bir necha yil oldin Holandning xet-trik qayd etishi oddiy voqeaga o‘xshardi. Endi bu odatiy holga aylandi".

 

Holand faqat autsayderlar bilan o‘yinlarda ustunligini namoyish etadi degan gaplar bor. Darhaqiqat, Angliyada bir yarim yil ichida u Premyer-liganing top-klublari darvozasiga gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Ammo Chempionlar ligasida u haqiqatan ham kuchli raqiblarga qarshi ko‘p gol ura olmadi. Ammo, uning bu turnirdagi statistikasi ham chakki emas; 39 o‘yinda 41 ta gol. Futbolchi terma jamoa safidagi 35 o‘yinda 32 gol gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Holandning o‘ziga xosligi uning jismoniy qobiliyatlari va maqsadga yo‘naltirilgan yondashuvidadir. Gap shundaki, “Manchester Siti” xavfli vaziyatlarni yaratishga harakat qilsa, Holand bor eʼtiborini hujumni yakunlashga qaratadi. birgina “Vest Hem” darvozasiga yaqinda kiritilgan gollardan birini bunga misol qilib keltirishimiz mumkin. O‘sha hujumda Jek Grealish, Mateo Kovachich va Riko Lyuis zarba berishi mumkin edi, biroq ularning har biri sherigini izlashdi. Shu orqali to‘p Holandga yetib keldi va u darhol zarba berdi. O‘sha gol 3-tur uchrashuvida g‘alaba goli bo‘ldi va hujumchi avgust oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

 

Holandning o‘yinini Krishtianu Ronalduning o‘yinlariga solishtirish mumkin. Portugaliyalik futbolchi yaqinda faoliyatidagi 900 va 901-gollarini kiritib, jahon rekordini qayd etdi. Afsonaviy futbolchi hozir 39 yoshda va 1000 ta gol urish uchun kurashmoqda. Holand hozir 24 yoshda, hisobida esa 286 ta gol bor. So‘nggi ikki yil ichida u mavsumda 56 va 45 ta gol urgan. Aytishimiz mumkinki, forvard bir mavsumda o‘rtacha 50 ta gol kiritmoqda. Hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu mavsum boshida forvard har mavsumda 152 ta gol urish imkonini beradigan natijaga erishdi. Boshqa tomondan, hozir klublar miqyosida o‘yinlar ko‘payib bormoqda. Holand terma jamoa bilan ham yirik turnirlarda maydonga tushishi mumkin. Demak, hujumchi mavsumda o‘rtacha 50 ta gol urish imkoniyatini saqlab qolishi mumkin. Shunday qilib, norvegiyalik 901 ta golga erishish uchun 12,3 mavsumni shunday samaradorlik bilan o‘tkazishi kerak. Yaʼni, taxminan 36 yoshda u shunday natijaga erishishi mumkin. 11,3 mavsumdan so‘ng (35 yoshda) esa u Lionel Messining hozirgi ko‘rsatkichiga - 851 golga erisha oladi.

 

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Holand Ronalduning natijasini takrorlay oladimi? | Zamon.uz