Sport

“Siti” yetakchi futbolchilarsiz ochko yo‘qotdi

Jamoa “Nyukasl” bilan bo'lgan to'qnashuvda durang natija qayd etdi.

“Siti” yetakchi futbolchilarsiz ochko yo‘qotdi

 

Angliya chempionatining navbati tur o'yinida “Siti” “Nyukasl” bilan bo'lgan to'qnashuvda 1:1 hisobida durang o‘ynab, ochko yo‘qotdi. Amaldagi chempionlar asosiy yarim himoyachilar Rodri va De Bryuynesiz o'ynashga majbur bo'lishdi. Natijada markazda Kovachich va Riko Lyuis harakat qildi, Gyundogan esa hujumga biroz yaqinroq joylashdi.

 

O'yin ancha qiyin kechdi, ayniqsa birinchi bo'limda. "Siti" to'pga egalik qildi, ammo jamoada nimadir yetishmagandek tasavvur uyg'otdi. Bundan tashqari, "Nyukasl" o'z jarima maydonchasi ichida juda yaxshi himoyalandi. Biroq, shunga qaramay, tanaffusga qadar mehmonlar gol urishga muvaffaq bo'lishdi. Grealish chap qanotda raqibni dribling bilan aldab o'tib, Gvardiolga uzatma berdi. Pozitsion hujum paytida himoyachi raqib darvozasiga eng yaqin o'yinchi bo'lib chiqdi va to'pni uzoq burchakka joylab qo'ydi. Xorvatiyalik golni nishonlashni ham maromiga yetkazdi.

 

Grealishga maydondagi boshqa o'yinchilarga qaraganda ko'proq e'tibor qaratildi. Angliyalik vinger nafaqat driblingni amalga oshirdi, balki bir necha bor raqib darvozasiga hujumlarni yaratishda faollik ko'rsatdi. “Nyukasl” ikkinchi bo'limning 58-daqiqasida hisobni tenglashtirdi. Ederson Gordonga nisbatan qo'pol o'ynadi, buning uchun u sariq kartochka oldi. Penaltini Gordonning o‘zi amalga oshirib, hisobni 1:1 ko'rinishiga keltirdi.

 

Qolgan vaqtlarda “Siti” pressing qildi va bir qancha qulay vaziyatlarga ega bo'ldi, ammo g'alaba golini ura olmadi. Holand Premyer-liganing ushbu mavsumida (6-turda) ilk bor maydonni golsiz tark etdi. Hujumchi o'yin davomida besh marta zarba yo'lladi, ammo ularning hech biri jamoasiga g'alabani ta'minlay olmadi.

custom img

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

custom img

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

custom img

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

custom img

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

custom img

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

custom img

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

custom img

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

custom img

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"