O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev Moskvaga yetib bordi

Prezident “Vnukovo” aeroportida kutib olindi.

Shavkat Mirziyoyev Moskvaga yetib bordi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Moskva shahriga keldi.

 

Vnukovo” aeroportida davlatimiz rahbarini Rossiya Federatsiyasi Prezidentining yordamchisi Maksim Oreshkin va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

 

Ertaga, 8 oktyabr kuni MDH sammitining asosiy tadbirlari bo‘lib o‘tadi. Kun tartibidan Hamdo‘stlik doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari o‘rin olgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"