O'zbekiston

Metroga yaqin korxonalar ish vaqti o‘zgarishi kutilmoqda

Unga ko‘ra, ish soat 08:00 da emas 09:00 da boshlanishi mumkin.

Metroga yaqin korxonalar ish vaqti o‘zgarishi kutilmoqda

Metropoliten bosh muhandisi Mirhokim Mirhusanovning aytishicha, poytaxtda joylashgan yirik ishlab chiqarish tashkilotlari va o‘quv muassasalarida bir vaqtning o‘zida (soat 08:00 va 09:00 oralig‘ida) ish kuni va darslarning boshlanishi ayni shu vaqt oralig‘ida metropolitenda bir qator tirbandliklarni keltirib chiqarmoqda.

 

U yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yuklamalarni kamaytirish maqsadida metro bekatlariga yaqin bo‘lgan 27 OTMda darslarning boshlanish vaqti differensial tartibda o‘zgartirilganini taʼkidlarkan, yechim sifatida yirik ishlab chiqarish korxonalarida ham ish vaqtini o‘zgartirish taklifi ilgari surilayotganini aytdi. 

 

Toshkent metropoliteni rejim xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Abdutohir Abduqodirov ham OTMlarda o‘qishning boshlanish vaqti o‘zgartirilgani ancha ijobiy o‘zgarishlarga olib kelganini qayd etdi. U hukumat, Transport vazirligi hamda tegishli mutasaddilar bilan hamkorlikda yirik korxonalarda ish boshlanishi vaqtini qaytadan ko‘rib chiqish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilayotganini qo‘shimcha qildi.

 

O‘zbekiston va Iordaniya o‘rtasida strategik sheriklik munosabatlari o‘rnatildi

O‘zbekiston va Iordaniya o‘rtasida strategik sheriklik munosabatlari o‘rnatildi

Davlat tashrifi doirasida jami 19 ta ikki tomonlama hujjat qabul qilindi va imzolandi.

Ziroat Mirziyoyeva Ammon shahridagi Jordan River Designs hunarmandchilik shourumiga tashrif buyurdi

Ziroat Mirziyoyeva Ammon shahridagi Jordan River Designs hunarmandchilik shourumiga tashrif buyurdi

Ziroat Mirziyoyeva bu kabi tashabbuslarning xotin-qizlar bandligi va milliy hunarmandchilikni rivojlantirishdagi ahamiyatini qayd etdi.

O‘zbekiston Prezidenti va Iordaniya Podshohi muzokara o‘tkazdi

O‘zbekiston Prezidenti va Iordaniya Podshohi muzokara o‘tkazdi

Imtiyozli savdo bitimini imzolash, o‘zaro savdo hajmini kelgusida 500 million dollarga yetkazish masalasiga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Taʼlim xarajatlari 19,6 foizga oshdi: eng ko‘p mablag‘ Toshkentda sarflangan

Taʼlim xarajatlari 19,6 foizga oshdi: eng ko‘p mablag‘ Toshkentda sarflangan

O‘zbekistonda 2026 yilning 9 oyida taʼlim xizmatlari hajmi 34,8 trillion so‘mga yetdi.

O‘quvchilar janjaliga aralashgan o‘qituvchi jazolandi: unga intizomiy jazo qo‘llandi

O‘quvchilar janjaliga aralashgan o‘qituvchi jazolandi: unga intizomiy jazo qo‘llandi

O‘quvchilarning ota-onalariga nisbatan ham ma’muriy chora ko‘rish yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilindi.

Andijonda uch qavatli uy yondi: jabrlanganlar yo‘q

Andijonda uch qavatli uy yondi: jabrlanganlar yo‘q

Hozirda hodisa sababi va zarari aniqlanmoqda.

O'zbekistonda mol go‘shti importi 17,7 foizga oshdi: asosiy yetkazib beruvchi qaysi davlat?

O'zbekistonda mol go‘shti importi 17,7 foizga oshdi: asosiy yetkazib beruvchi qaysi davlat?

2026-yilning 9 oyida 12 ta davlatdan 132 ming tonna mol go‘shti import qilgan.

Avtobuslarda bepul yurish qimmatga tushdi: 158 mingdan ortiq qoidabuzarlik aniqlandi

Avtobuslarda bepul yurish qimmatga tushdi: 158 mingdan ortiq qoidabuzarlik aniqlandi

Yo‘l haqini to‘lamaganlardan yil boshidan buyon 3,66 mlrd so‘mdan ortiq jarima undirilgan.