JCH—2026 saralashi. O‘zbekiston BAA ustidan g‘alaba qozondi
Uchrashuv 1:0 hisobida yakunlandi.

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi JCH—2026 3-saralashi 4-turida BAAga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvning shiddatli o‘tgan birinchi bo‘limi 0:0 hisobi bilan yakunlandi.
Ikkinchi bo‘limda esa BAA bir kishi kam bo‘lib qoldi. 65-daqiqada Abdulla Hamad qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. 73-daqiqada esa o‘zbekistonliklar penalti ishlab oldi. 76-daqiqada ushbu penaltini Otabek Shukurov aniq amalga oshirib, hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi.
Qolgan daqiqalarda darvozalar ishg‘ol etilmadi va O‘zbekiston kichik hisobda g‘alaba qozondi.







