Angliya terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi
U 1 yanvardan ish boshlaydi.

Tomas Tuxel Angliya terma jamoasini boshqaradi. Angliya futbol assosiasiyasi (FA) 51 yoshli mutaxassis bosh murabbiy etib tayinlanganini elon qildi. U 1 yanvardan ish boshlaydi.
Mutaxassisning shartnomasi bir yarim yilga mo‘ljallangani xabar qilingandi. Bungacha Tuxel Dortmundning "Borussiya", "PSJ" va "Chelsi" klublarini boshqargan. Uning so‘nggi klubi "Bavariya" edi.







