Sport

Konte “Napoli”da katta o‘zgarishga qo‘l urdi

Neapolliklar chempionlikdan so'ng inqiroz yoqasidagi klublar toifasiga tushib qolgandi.

Konte “Napoli”da katta o‘zgarishga qo‘l urdi

 

O'tgan mavsum "Napoli" uchun dahshatli o'tdi. Chempionlikdan so‘ng neapolliklar Yevropaning inqiroz yoqasidagi klublari toifasiga tushib qolishdi. "Napoli" hozirda klubga olib kelingan Antonio Konte bilan "tozalash" ishlarini olib bormoqda. Ammo, jamoa kutilgan natijaga mavsum oxirida erishishi mumkin. Italiyalik murabbiy maqsadli transferlar bilan jamoani oz bo'lsada jonlantirdi.

 

Antonioning eng sevimli sxemasi 4-2-4. Konte buni faoliyatining boshida Marsello Lippidan ilhomlangan holda amalga oshirib keladi. 2011-yilda italiyalik mutaxassis “Yuventus”ni boshqarganida, yangi taktikani qo'lladi:

 

“Menimcha, barchasi tarkibga emas, balki jamoadagi o'yinchilarga bog'liq”, - degandi italiyalik murabbiy. Men ilgari 4-2-4 sxemasini afzal ko'rganman, lekin, "Yuventus"ni qabul qilib, tarkibni tahlil qilganimda, bu yerda boshqa taktika mosroq degan xulosaga keldim".

 

Biroq, bu tajriba uzoqqa cho'zildi va Konte keyingi barcha jamoalarda ham bu taktikadan foydalandi: Italiya terma jamoasi, "Inter" va "Tottenhem". U shu tariqa mazkur jamoalar bilan bir qator yutuqlarni qo'lga kiritdi. Konte Neapolga ko'chib o'tishi bilan bir zumda A Seriyadagi asosiy intrigalardan biri paydo bo'ldi: "Napoli" qanday tarkib bilan o'ynaydi? Klub prezidenti Aurelio De Laurentis 4-3-3 sxemasidan foydalanishni yoqtiradi. Antonio esa o'zining o'yin uslubiga sodiqligicha qolishi taxmin qilindi. Biroq, klub uning qo'li ostida g'alabali yurishda davom etmoqda.

 

"Yuventus" bilan o'yindan so'ng, Konte jamoaning zaif nuqtalarini tahlil qilishga muvaffaq bo'ldi. Ayni vaqtda Konte ko'proq hujumkor o'yinga e'tibor qaratmoqda. U Skott MakTominay uchun ko'proq imkoniyatlar yaratishni lozim topmoqda. Kontening hujumkor o'yinining muhim elementi Lukaku va MakTominay hisoblanadi. Belgiyalik futbolchi hujumda Skott bilan hujumlarni yakunlashda ishtirok etsa, Xvicha ularga orqaroqda yordam beradi. Ajoyib jismoniy kuchi MakTominayning o'yinida ancha yillardan beri ko'rinib kelmoqda. U bir necha bor APLda "Manchester Yunayted" sharmandali mag'lubiyatlardan qutqarib qolgan. Ammo "Manchester Yunayted" ustozi uni asosiy tarkib futbolchisi sifatida ko'rmadi, lekin u Konte qo'li ostida yanada kuchli futbolchiga aylanmoqda.

 

"Menga shunday fikr keldi, chunki transfer oynasining so'nggi kunida biz MakTominay va Gilmurni sotib oldik, shuningdek, Folorunshoni jamoaga qaytardik. Yarim himoyada kuchli o'yinchilar ko'p edi va biz bundan unumli foydalanishimiz kerak edi. Biz o'tgan haftada "Kalyari"ga qarshi o'zgaruvchan tarkib ustida ishlashni boshladik. 3-4-2-1 ishladi, men shu taktikaga etibor qaratdim. Bu jamoaga mos keldi, futbolchilar unda o'ynashi mumkin. Biroq, men bu yondashuv orqali himoyamiz borasida biroz xavotirda edim, ammo biz buni uddaladik."

 

MakTominayning yangi roli "Komo"ga qarshi o'yinda bitta gol va "Monza" bilan o'tgan bahsda bitta golli uzatma bilan yakunlandi. Ikkala gol ham raqib jarima maydonchasi ichida amalga oshirildi. Konte startda birdaniga ikkita g'alabaga erishdi. U "Napoli"ni chempionlikdan so'ng tezda tiriltirdi va ommaga umuman himoyachi murabbiy emasligini baland ovozda e'lon qildi. Bu fikr beshta himoyachi bilan tuzilgan sxemalarning uzoq davom etishi tufayli mashhur bo'lgandi.

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Konte “Napoli”da katta o‘zgarishga qo‘l urdi | Zamon.uz