Tirbandlik: barchaning “joniga tekkan” muammoga yechim bormi?

Siz-u biz deyarli har kuni duch keladigan, baʼzida o‘qish yoki ishga kechikishimizga sabab bo‘ladigan bu muammoni qanday hal qilish mumkin?

Tirbandlik: barchaning “joniga tekkan” muammoga yechim bormi?

Tirbandlik — bu birgina O‘zbekistonni emas, balki dunyoning katta shaharlarini ham bir necha yillardan beri qiynab kelayotgan jiddiy muammo. Bunga odatda avtomobillar sonining ortishi, transport infratuzilmasining yetarli emasligi va ish joylari bilan turar-joylarning joylashuvi o‘rtasidagi nomutanosiblik sabab bo‘ladi. Shuningdek, shaharlarda aholi sonining yildan-yilga ortib borishi ham tirbandliklarning asosiy sabablaridan biri.

 

Pulli yo‘llar qurilsa, "propka" bo‘lmaydimi?

 

Toshkent shahar hokimligi yo‘llardagi tirbandlikning oldini olish maqsadida 14 mingga yaqin pulli avtoturargoh qurmoqchi.

 

Kelgusida esa jami 84 mingta parking maydoni tashkil etilishni ham rejalashtirmoqda.

 

Poytaxt hokimining yangi qarorida Transport infratuzilmasini yaxshilash, Tirbandliklarni kamaytirish, Jamoat transporti va mikromobillikning jozibadorligini oshirish, Haydovchilar va piyodalar uchun qulaylik yaratish ko‘zda tutilgan.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, to‘xtash joylari 10 yil muddatga e-auksion orqali ijaraga qo‘yiladi.

 

Parkovka narxlari hududga qarab 5 ming so‘mdan 12 ming so‘mgacha bo‘ladi.

 

To‘xtab qolgan "Avtomobilsiz kun"

 

Hukumat topshirig‘iga binoan, 2024 yil mart oyidan boshlab har oyning to‘rtinchi chorshanba kuni (agar bayram kuniga to‘g‘ri kelsa, payshanba kuni) Toshkent shahrida avtomobillar harakatlanishini (jamoat transportlari, maxsus va shoshilinch yordam xizmatlaridan tashqari) qisqartirishga qaratilgan "Avtomobilsiz kun" deb eʼlon qilindi.

 

Hukumat topshirig‘iga binoan, “Avtomobilsiz kun” jamoatchilik loyihasi 2024 yilda quyidagi kunlarga to‘g‘ri keldi (kelmoqda):

 

  • 24 aprel;

  • 22 may;

  • 26 iyun;

  • 24 iyul;

  • 28 avgust;

  • 25 sentyabr;

  • 23 oktyabr;

  • 27 noyabr;

  • 25 dekabr.

 

“Avtomobilsiz kun” jamoatchilik loyihasida vazirlik va idoralar, hududiy ijro etuvchi hokimiyat organlarining rahbar va masʼul xodimlari ish joyiga jamoat transportida kelib, namuna ko‘rsatib borishi belgilandi. Biroq bunga ayrim rahbarlargina amal qilyapti, xolos. Hukumat topshirig‘i qog‘ozda boru, amalda uncha bajarilmayotgandek.

 

Taklif yechim bo‘la oladimi?

 

Avvalo, jamoat transporti tizimini takomillashtirish, velosipedlar harakati uchun alohida yo‘llar yaratish kabi kompleks yondashuv kerak. Fuqarolar uchun avtomashina sotib olishda cheklovlar joriy etish yoki ko‘p mashinali oilalar uchun qo‘shimcha soliq solish orqali ham masalani ijobiy hal etish mumkin.

 

Bugungi “axborotlashgan jamiyat”da korxona va tashkilot xodimlarining bir qismini masofadan ishlash rejimiga o‘tkazish yo‘llarda ishga borib-keluvchilar sonining kamayishiga, vaqtning tejalishi hamda atmosferaga chiqadigan zaharli gazlar miqdorining pasayishiga olib keladi. Xuddi shunday amaliyotni bank, moliya va iqtisodiyot kabi sohalarda qo‘llab ko‘rish kerak.

 

Odatda tirbandlik kunning maʼlum qismida, xususan, odamlar ishga va o‘qishga borib-keladigan vaqtlarda kuzatiladi. Chunki o‘qish va ish joylarida protsess deyarli bir xil vaqtda boshlanib, bir xil vaqtda tugaydi.

 

Agar o‘qish va ish joylariga borish va qaytish vaqtini faqat ertalab yoki kechqurun qilinmay, kun davomida etib belgilansa — nisbatan holatni ancha yengillashtiradi. Masalan, maktablar 8:00 da, universitetlar esa 09:00 da, korxonalar esa 10:00 da boshlanadigan tizim belgilab olinishi kerak.

 

O‘g‘iloy YUSUPOVA,

O‘zbekiston Milliy universiteti 4-bosqich talabasi 

custom img

Tramp Eron elektr stansiyalari va neft quduqlarini vayron qilish bilan tahdid qildi

AQSh prezidenti agar muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlansa, Xarg orolini vayron qilishini taʼkidladi.

custom img

Eron Hormuz bo‘g‘ozi orqali yuk tashish uchun to‘lov joriy etishni rejalashtirmoqda

Hozircha tranzit uchun aniq miqdordagi to‘lov e’lon qilinmagan.

custom img

Eron AQShning 15 bandli rejasini “real emas” deb baholadi

Tehron Vashingtonning muzokaralar bo‘yicha takliflarini mantiqsiz deb atab, AQSh diplomatiyasiga ishonch pastligini ta’kidladi.

custom img

AQSh ayrim chet elliklar uchun boshpana arizalarini ko‘rib chiqishni qisman qayta boshlaydi

Cheklovlar Afrika, Osiyo va Lotin Amerikasidagi 39 ta mamlakat fuqarolariga tatbiq etilgan bo‘lib, ularning AQShga kirishi to‘liq yoki qisman cheklangan edi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev inflyatsiyani 6–6,5 foiz darajasida ushlab turish vazifasini belgiladi

Joriy yilning dastlabki ikki oyida sanoat 7,7 foizga, xizmatlar sohasi 15,4 foizga o‘sdi, 3,5 milliard dollarlik eksport amalga oshirildi.

custom img

“Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi” musobaqasining final bahslari yakunlandi

Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi 30-maktab jamoasi musobaqa g‘olibi bo‘ldi.

custom img

Isroilning neft zavodiga zarba berildi

Hujum natijasida zavodda yong‘in yuzaga kelgan.

custom img

Turkiyaning “Ona-do‘li otashi” raqs ansambli poytaxtda o‘z konsert dasturini namoyish etdi

Konsertda O‘zbekiston madaniyat vaziri, Turkiyaning O‘zbekistondagi elchisi hamda turk raqs san’ati muxlislari ishtirok etishdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"