Bugun "Real" va "Barselona" to'qnash keladi
Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 00:00da boshlanadi.

Ispaniya chempionatining 11-turi doirasida bugun markaziy o‘yin bo‘lib o‘tadi. "Real" o‘z maydonida "Barselona"ni qabul qiladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 00:00da boshlanadi. Har ikki jamoa hozir yaxshi formada. "Barsa" 4 ta o‘yindan buyon g‘alaba qozonib kelayotgan bo‘lsa, Anchelotti jamoasi so‘nggi 3 ta bahsda raqiblarini mag‘lub etdi. Ayniqsa, Yevropa chempionlar ligasi doirasida klublari "Borussiya" va "Bavariya" ustidan ishonchli g‘alabalarni qo‘lga kiritishgani jamoa muxlislarini xursand etdi.
10-turdan keyin "Barselona" La liga jadvalida 27 ochko bilan peshqadam bo‘lib turgan bo‘lsa, "Madrid" 24 ochko bilan 2-pog‘onani egallab turibdi.







