Sport

Saloh “Liverpul”dan ketadimi?

Misrlik futbolchi yaqinda APL to‘purarlari ro‘yxatida to‘qqizinchi o‘ringa ko‘tarildi.

Saloh “Liverpul”dan ketadimi?

 

Saloh hali ham har mavsumdagidek yuqori formada o'yin namoyish qilmoqda. Misrlik futbolchi har yili “Liverpul” safida 30+ gol urmoqda. Bir vaqtlar "bir mavsumlik futbolchi" deb atalgan hujumchi bugungi kunga kelib klubdagi sakkizinchi mavsumini o'tkazmoqda. Saloh ayni vaqtda 32 yoshda. U futbolchilik karerasini yana uzoq davom ettirishi mumkin. Buning uchun misrlik futbolchi Ronaldu kabi fitnes, tiklanish, va ovqatlanish kabi jihatlarga e'tibor qaratish lozim bo'ladi.

 

Parhezshunoslar misrlikning tanasidan hayratda qolishdi va futbolchining o'zi individual ravishda formasini saqlab qolayotganini ta'kidlashdi. Salohning kun tartibi shunday o'tadi: ertalabki jamoa mashg'ulotlari, ikki soatlik tiklanish, sport zalida individual mashg'ulotlar va keyin yana tiklanish. Salohning so‘zlariga ko‘ra, u uyga faqat kechki soat yetti-sakkizda qaytadi. Biroq, o'yinlarda faqat jismoniy holatda g'alaba qozonib bo'lmaydi. Mavsum boshlanishidan oldin ko'pchilik Arne Slot "Liverpul"ni qanday o'zgartirishi va u o'yinchilarga qanday foyda keltirishi bilan qiziqishgandi. Hozirgacha gollandiyalik mutaxassis o'zini yaxshi murabbiy sifatida ko'rsatmoqda. Slot Yurgen Klopp o'rnatgan falsafani davom ettirmoqda. Muxlislar Premyer-liganing dastlabki besh turida beshta gol urgan Luis Diasni va posbonlik pozitsiyasiga ishonchli tarzda integrasiyalashgan Rayan Gravenberchning muvaffaqiyatini alohida qayd etishmoqda. Murabbiy Salohni yana bir pog'onaga ko'tardi va unga o'yinlarda ko'proq e'tibor qaratmoqda.

 

Salohning yangi o'yin uslubining yorqin namunasi - "Chelsi" darvozasiga kiritilgan golda yaqqol sezildi. U o'tgan yili londonliklar bilan o'yinda ham, yaqinda "Bolonya" bilan o'yinda ham deyarli bir xil golli uzatmalarni amalga oshirdi. Umuman olganda, uzoq paslar misrlik futbolchining maydondagi sevimli ishlaridan biri hisoblanadi. Ko'pincha u uzatmani eng yaqin sherigiga yoki maydon markazida orqaga uzatadi. Bu haqida "The Athletic" statistikasida qayd etilgan. Saloh nafaqat tarkibda eng ko'p gol urgan futbolchi (har bir o'yinda 2,8 zarba), balki eng ko'p gol urish imkoniyatini ham yaratadi (1,9). U har bir o'yinda o'rtacha 0,37 kutilgan golli uzatmani amalga oshiradi. Ammo hozirda Saloh tubdan boshqa futbolchiga aylanmadi, faqat hujum imkoniyatlarini kengaytirdi. Misrlik futbolchi hali ham Premyer-liganing 90% o'yinchilaridan tezroq va xavfli. "Liverpul"dan hech kim raqib jarima maydonchasiga Salohdan ko'ra ko'proq xavfli vaziyatlar yarata olmaydi. "The Athletic" hisob-kitoblariga ko'ra, hujumchi bu mavsumda har bir o'yinda o'rtacha 7,1 foiz uzoq masofaga to'p uzatgan, bu avvalgi mavsumlardan ko'ra yaxshiroq. Birgina shu holat Slot jamoaga ijobiy ta'sir o'tkazayotganini ko'rsatadi.

 

Salohning shartnomasi kelasi yozda nihoyasiga yetadi, ammo uning formasi va professionalligidan kelib chiqsak, futbolchi bilan xayrlashish katta xato bo'ladi. Birinchidan, vinger o'z vakolatiga qaramay, murabbiyning har qanday ko'rsatmalarini bajarishga tayyor. U Slotga bosim o'tkazishi va bir qator talablar qo'yishi mumkin edi, lekin u buni qilmadi. Ikkinchidan, Saloh o'zini yetakchi sifatida yaxshi ko'rsatib, jamoadagi vaziyatga e'tibor qaratadi. U Angliyada qolib, "Liverpul" bilan tarix yaratishni istayotganini aytgan. Yaqinda u o'zining 162-golini urib, APL to'purarlari ro'yxatida to'qqizinchi o'ringa ko'tarildi. Nazariy jihatdan, mavsum oxirigacha Genri (175 gol) va Lempardni (177 gol) ortda qoldirishi mumkin. Bunday o'yinchini qo'ldan chiqarish juda katta xato bo'ladi.

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Saloh “Liverpul”dan ketadimi? | Zamon.uz