Sport

“Tottenhem” yozda Abduqodir Husanovni sotib olmoqchi

APL jamoasiga himoyachi kerak.

“Tottenhem” yozda Abduqodir Husanovni sotib olmoqchi

 

“Tottenhem” Mikki van de Ven jarohatidan so‘ng yangi markaziy himoyachi bilan shartnoma imzolash rejalarini tezlashtirmoqchi. 23 yoshli Van de Ven “Man Siti”ga qarshi Karabao Kubogi doirasidagi uchrashuv vaqtida tizzasidan olgan jarohati tufayli 4-6 haftaga safdan chiqdi.

 

“Shporlar”ning sobiq skauti Mik Braun 30-oktyabr kuni "Football Insider" nashriga bergan intervyusida klub avvaldan himoyani mustahkamlashni o‘ylayotgani va ushbu jarohatdan so‘ng bu ehtiyoj endi dolzarb bo‘lib qolganini aytgan.

 

Himoyani mustahkamlash uchun klub 20 yoshli “Lans” yulduzi Abduqodir Husanovga qiziqish bildirmoqda.

 

“Markaziy himoyachi yuqori darajada tajribaga ega emas, u faoliyati davomida bor-yo‘g‘i 62 marta katta o‘yinda maydonga tushgan bo‘lsa-da, shulardan 37 tasi ikkinchi Belarus ligasiga to‘g‘ri keladi. 2023-yilda “Lans”ga o‘tganidan beri u Fransiyada juda hurmatga sazovor bo‘lgan istiqbolli futbolchiga aylandi, ammo katta o‘zgarishga kirishishdan oldin unga ko‘proq tajriba kerak. 20 yoshli futbolchi O‘zbekiston terma jamoasi safida ham 16 ta o‘yin o‘tkazdi va xalqaro miqyosda muntazam to‘p surmoqda. Klublar unga kelajak uchun yaxshi variant sifatida qaramoqda”, - deyiladi xabarda.

 

“Tottenhem”dan tashqari APLning “Nyukasl”, “Chelsi” va “Vest Hem” klublari ham “Lans” himoyachisiga qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan.

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

“Tottenhem” yozda Abduqodir Husanovni sotib olmoqchi | Zamon.uz