O'zbekiston

Endi noqonuniy treninglar uchun jarimalar qo‘llanadi

Bu bo‘yicha qonunchilikka qo‘shimchalar kiritildi.

Endi noqonuniy treninglar uchun jarimalar qo‘llanadi

O‘zbekistonda "Taʼlim to‘g‘risida"gi Qonunga maʼrifiy faoliyatni amalga oshirish tartibini belgilashga qaratilgan qo‘shimchalar kiritildi va ushbu faoliyatni amalga oshirish talablarini buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlik belgilandi.

 

Hozirgi vaqtda ushbu sohaga bo‘lgan qiziqishning ortib borishi va uning asosiy daromad manbaiga aylanishi uni huquqiy tartibga solish zaruratini keltirib chiqarganligi munosabati bilan qonun qabul qilindi.

 

Ayniqsa, yoshlar o‘rtasida nosog‘lom maʼrifiy ishlarni amalga oshirish holatlari ko‘payib bormoqda, uning doirasida aholi va yoshlarning ongi, madaniyati va his-tuyg‘ulariga turli yot qarashlar va g‘oyalar taʼsir ko‘rsatmoqda.

 

Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga 59-4-modda (maʼrifiy faoliyatni amalga oshirish tartibini buzish) kiritildi.

 

Endilikda bunday faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘lmagan shaxs tomonidan maʼrifiy faoliyatni amalga oshirish yoki maʼrifiy faoliyatni amalga oshirish uchun qonunchilikda belgilangan cheklovlarga rioya qilmaslik fuqarolarga BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha (1,875 mln so‘mdan 3,75 mln so‘mgacha), mansabdor shaxslarga esa - 10 baravaridan 15 baravarigacha (3,75 mln so‘mdan 5,625 mln so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

 

Agar huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilsa, fuqarolarga BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha (3,75 mln so‘mdan 5,625 mln so‘mgacha), mansabdor shaxslarga esa - BHMning 15 baravaridan 20 baravarigacha (5,625 mln so‘mdan 7,5 mln so‘mgacha) jarima solishga sabab bo‘ladi.

 

Shuningdek, "Taʼlim to‘g‘risida"gi Qonunga maʼrifiy faoliyatni belgilash va uni amalga oshirish tartibini belgilash uchun qo‘shimcha kiritildi.

 

Maʼrifiy faoliyat shaxsning shaxsiy, intellektual va maʼnaviy rivojlanishi uchun zarur ko‘nikma va malakalarni shakllantirish, ijtimoiy va iqtisodiy faollikni oshirish, intellektual va ijodiy salohiyatni namoyon etish, individual salohiyatni, ko‘nikmalarni, kommunikativ qobiliyatlarni takomillashtirishga qaratilgan, davlat taʼlim standartlari bilan qamrab olinmagan faoliyat turi hisoblanadi.

 

custom img

Toshkentdagi 119 ta masjidda Qurbon hayiti namozi o‘qiladi

Shu sababli 26-may soat 24:00 dan 27-may 08:00 ga qadar poytaxtning qator ko‘chalarida avtomobillar harakati vaqtincha cheklanadi.

custom img

13 yildan beri qudruvda bo'lgan o'zbekistonlik Nyu-Yorkdan deporatatsiya qilindi

U giyohvandlik vositalari bilan bog'liq jinoyat sodir etganlikda gumonlanmoqda.

custom img

Raqobat qo‘mitasi Qurbon hayitida oziq-ovqat narxlarni oshirmaslikka chaqirdi

Savdo tarmoqlari narx o‘zgarishlari haqida qo‘mitani tezkor xabardor qilib boradi.

custom img

Toshkentda pullik avtomobil yo‘llari quriladi

Poytaxtda 100 km ga yaqin halqa va yangi aeroport yo‘nalishida pullik yo‘llar qurish loyihasi Xitoy kompaniyasi bilan muhokama qilindi.

custom img

Rossiya hibsxonasidagi o'zbekistonliklar jazoni O‘zbekistonda o‘tash istagini bildirdi

O‘zbekiston Bosh konsulxonasi Saxalin viloyatidagi muassasada saqlanayotgan O‘zbekiston fuqarolari bilan muloqot qilinib, ularga nisbatan bosim, qiynoq yoki majburiy mehnat qo‘llanilmayotganini, shuningdek harbiy mojarolarga jalb etish holatlari mavjud emasligini tekshirdi.

custom img

Bugun barcha xodimlar ishdan 1 soat oldin ketish huquqiga ega

Mehnat kodeksiga ko‘ra, bayram arafasida ish kuni kamida 1 soatga qisqartiriladi.

custom img

Toshkentda soliq inspeksiyasi xodimlari pora bilan ushlandi

Ular kelib tushgan murojaat bo'yicha ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirmaslik evaziga pora talab qilgani aniqlandi.

custom img

Doktorantlar stipendiyasi 1,7 barobarga oshirilishi mumkin

Bir qator ustuvor sohalar uchun ilmiy kadrlar tayyorlashning yangi tizimini joriy etish taklif etildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"