O'zbekiston

Rossiya hibsxonasidagi o'zbekistonliklar jazoni O‘zbekistonda o‘tash istagini bildirdi

O‘zbekiston Bosh konsulxonasi Saxalin viloyatidagi muassasada saqlanayotgan O‘zbekiston fuqarolari bilan muloqot qilinib, ularga nisbatan bosim, qiynoq yoki majburiy mehnat qo‘llanilmayotganini, shuningdek harbiy mojarolarga jalb etish holatlari mavjud emasligini tekshirdi.

Rossiya hibsxonasidagi o'zbekistonliklar jazoni O‘zbekistonda o‘tash istagini bildirdi

 

O‘zbekistonning Vladivostok shahridagi Bosh konsulxonasi diplomatlari xizmat safari doirasida Rossiyaning Saxalin viloyatiga tashrif buyurdi. Bu haqda Dunyo axborot agentligi xabar berdi.

 

Tashrif davomida diplomatlar Saxalinda joylashgan 1-sonli jazoni ijro etish muassasasida saqlanayotgan 11 nafar O‘zbekiston fuqarolari bilan uchrashuv o‘tkazgan. Mazkur fuqarolar Rossiya Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha aybdor deb topilib, jazo muddatini o‘tamoqda.

 

Uchrashuv chog‘ida konsullik vakillari mahkumlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishgan. Jumladan, turar joy binolari, umumiy ovqatlanish joylari hamda madaniy dam olish xonalari ko‘zdan kechirilgan. Shuningdek, vatandoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etilgan.

 

Suhbat davomida mahkumlarning holati, jazo o‘tash jarayonida majburiy mehnat, bosim yoki qiynoq holatlari mavjudligi masalalari o‘rganilgan. Shu bilan birga, ularning Rossiya Mudofaa vazirligi yoki boshqa harbiy tuzilmalar tomonidan qurolli to‘qnashuvlarda ishtirok etishga jalb etilishi ehtimoli yuzasidan ham savollar berilgan. Mahkumlar bunday holatlar kuzatilmaganini ma’lum qilgan.

 

Shuningdek, ayrim vakillar tomonidan jazo muddatini o‘tash jarayonida harbiy tuzilmalarga jalb etish bo‘yicha tushuntirishlar berilishi, hamda Ukraina hududidagi “maxsus harbiy operatsiya”da ishtirok etgan shaxslarga turli imtiyozlar taklif etilishi haqida ma’lumotlar bildirilgan.

 

Shu munosabat bilan Bosh konsulxona vakillari O‘zbekiston fuqarolarini chet davlatlar harbiy tuzilmalari yoki qurolli mojarolarda ishtirok etish mamlakat qonunchiligiga zid ekani haqida ogohlantirgan. Ularga O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 154-moddasi (“Yollanish”)ga muvofiq bunday harakatlar jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkinligi tushuntirildi.

 

Mahkumlar o‘z navbatida muassasa sharoitlaridan qoniqish bildirgan, biroq yaqinlarini sog‘ingani sababli jazo muddatining qolgan qismini O‘zbekistonda o‘tash istagini bildirgan.

 

Biroq O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida mahkumlarni jazoni o‘tash uchun o‘zaro topshirish bo‘yicha amaldagi ikki tomonlama shartnoma mavjud emasligi sababli, bunday imkoniyat hozircha yo‘qligi ma’lum qilingan.

 

Uchrashuv yakunida fuqarolarga Bosh konsulxona manzili va aloqa ma’lumotlari taqdim etilgan hamda zarurat tug‘ilganda murojaat qilishlari mumkinligi bildirilgan.

Metro panduslari nega ishlamayapti? Metropoliten izoh berdi

Metro panduslari nega ishlamayapti? Metropoliten izoh berdi

Elektron ko‘targichlar bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga murojaatlar yuborilgan.

680 ming so‘m saqlab qolinadi: banklarning kredit pulini avtomatik yechishiga cheklov qo‘yiladi

680 ming so‘m saqlab qolinadi: banklarning kredit pulini avtomatik yechishiga cheklov qo‘yiladi

Banklar barcha kartalardagi jami qoldiq mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining yarmidan kamayib ketishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak.

Nikoh statistikasi: yarim yilda 694 nafar ayol 50 yoshdan keyin turmush qurdi

Nikoh statistikasi: yarim yilda 694 nafar ayol 50 yoshdan keyin turmush qurdi

O‘zbekistonda 2026-yilning yanvar–iyun oylarida 92,3 mingta nikoh qayd etildi.

Toshkentda issiq suv 5 kunga o‘chiriladi: manzillar ma’lum qilindi

Toshkentda issiq suv 5 kunga o‘chiriladi: manzillar ma’lum qilindi

Bunga qozonxonalarda rejali profilaktika ishlari olib borilishi sabab bo‘ladi.

Darsdan chiqarib, xonaga olib kirgan: o‘quvchiga shilqimlik qilgan texnikum xodimi ishdan olindi

Darsdan chiqarib, xonaga olib kirgan: o‘quvchiga shilqimlik qilgan texnikum xodimi ishdan olindi

Shuningdek, yana ikki xodim ishdan bo'shatilib, uch nafariga hayfsan berilgan.

1,2 kg dan ortiq narkotik moddalar: Toshkentda internet narkodo‘koni “zakladchik”i ushlandi

1,2 kg dan ortiq narkotik moddalar: Toshkentda internet narkodo‘koni “zakladchik”i ushlandi

Yigit muqaddam o‘g‘irlik bilan bog‘liq jinoyat uchun sudlangan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buyuk Britaniyaning savdo bo‘yicha davlat vazirini qabul qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buyuk Britaniyaning savdo bo‘yicha davlat vazirini qabul qildi

O‘zbekiston Prezidenti Buyuk Britaniya bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Toshkentda havo sifati bo‘yicha ogohlantirish berildi: o‘zgarish qachon kuzatiladi?

Toshkentda havo sifati bo‘yicha ogohlantirish berildi: o‘zgarish qachon kuzatiladi?

Poytaxtda tunda havo sifati vaqtincha yomonlashishi mumkin. Kunduzi esa vaziyat yaxshilanishi kutilmoqda.