O'zbekiston

Doktorantlar stipendiyasi 1,7 barobarga oshirilishi mumkin

Bir qator ustuvor sohalar uchun ilmiy kadrlar tayyorlashning yangi tizimini joriy etish taklif etildi.

Doktorantlar stipendiyasi 1,7 barobarga oshirilishi mumkin

Prezident Shavkat Mirziyoyev ilmiy kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va ilm-fan samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, so‘nggi yillarda O‘zbekistonda ilm-fan sohasini qo‘llab-quvvatlash, xalqaro raqobatbardoshlikni oshirish va ilmiy faollikni kuchaytirish bo‘yicha qator islohotlar amalga oshirilgan. Natijada xalqaro jurnallarda chop etilayotgan maqolalar soni hamda yuqori reytingli nashrlardagi tadqiqotlar ulushi ortib bormoqda.

 

Taqdimotda ilmiy kadrlar tayyorlash tizimini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan bir qator tashabbuslar muhokama qilindi. Xususan, sun’iy intellekt, qayta tiklanuvchi energiya, oziq-ovqat xavfsizligi, tibbiyot, suv resurslari, yangi materiallar va seysmologiya kabi ustuvor yo‘nalishlar uchun ilmiy kadrlar tayyorlashning yangi tizimini joriy etish taklif qilindi.

 

Shuningdek, mazkur yo‘nalishlardagi doktorantlar stipendiyasini 1,7 barobarga oshirish hamda tadqiqotlarda foydalaniladigan asbob-uskunalar va reagentlar xaridi uchun har yili qo‘shimcha mablag‘ ajratish rejalashtirilayotgani bildirildi.

 

Taqdimotda ilmiy rahbarlarni rag‘batlantirishning natijaga yo‘naltirilgan mexanizmini joriy etish taklifi ham ilgari surildi. Unga ko‘ra, muvaffaqiyatli himoya qilingan dissertatsiyalar bo‘yicha ilmiy rahbarlarning xalqaro ilmiy faollik ko‘rsatkichlari ham inobatga olinadi.

 

Bundan tashqari, “Loyiha doirasida ilmiy daraja” va “Amaliy doktorantura” dasturlarini yo‘lga qo‘yish taklif qilindi. Mazkur yondashuvga ko‘ra, PhD tadqiqotlari iqtisodiyotning real sektori ehtiyojlaridan kelib chiqib shakllantiriladi va korxonalar bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.

 

Taqdimotda ilmiy loyihalarni moliyalashtirish tizimini takomillashtirish, xalqaro ekspertlarni jalb qilish, ilmiy faoliyatni monitoring qilishning yagona raqamli tizimini joriy etish hamda akademik halollik mexanizmlarini kuchaytirish masalalari ham muhokama qilindi.

 

Prezident taqdim etilgan takliflarni puxta ishlab chiqish, ilmiy tadqiqotlar sifatini oshirish va ilmiy kadrlar tayyorlash tizimini zamonaviy talablar asosida takomillashtirish muhimligini ta’kidladi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Kuz-qish mavsumida gaz resurslari mavjud hajm va ob-havo sharoitidan kelib chiqib taqsimlanadi.

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Sud tomonidan tayinlangan jinoiy jarima MIB tomonidan to‘liq undirilib, sud hujjati ijrosi taʼminlandi.