Jahon

Eron prezidenti internet cheklovlarini bekor qilishni buyurdi

Mamlakatda internet 87 kundan beri uzilib qolgan.

Eron prezidenti internet cheklovlarini bekor qilishni buyurdi

 

Tasnim axborot agentligi xabariga ko‘ra, prezident tomonidan Aloqa vazirligiga internet tarmoqlarini qayta tiklash yuzasidan buyruq yuborilgan. Eron hukumati vakillari ham ushbu qarorni tasdiqlagan.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatdagi internet cheklovlarini bekor qilish masalasi hukumat darajasida muhokama qilingan yig‘ilishda barcha tegishli idoralar internetga kirishni tiklash bo‘yicha qarorni qo‘llab-quvvatlagan.

 

Eron Axborot boshqarmasi rahbari Ali Ahmadniya ijtimoiy tarmoqlarda internetga ulanishni tiklash jarayoni tasdiqlanganini ma’lum qilgan. Uning ta’kidlashicha, qaror ijrosi bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

 

ISNA agentligi xabariga ko‘ra, mazkur qarorning amaliy ijrosi yaqin vaqt ichida boshlanishi kutilmoqda.

 

NetBlocks monitoring tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, Eronda internet cheklovlari 80 kundan ortiq davom etib, bu global miqyosda eng uzoq davom etgan uzilishlardan biri sifatida qayd etilgan.

custom img

Qirg‘iziston kosmosga chiqdi: mamlakatning ilk milliy sun’iy yo‘ldoshi uchirildi

Qirg‘iziston va BAA hamkorligida yaratilgan sun’iy yo‘ldosh ilk bor orbitaga chiqarildi.

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"