O'zbekiston

Toshkentda soliq inspeksiyasi xodimlari pora bilan ushlandi

Ular kelib tushgan murojaat bo'yicha ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirmaslik evaziga pora talab qilgani aniqlandi.

Toshkentda soliq inspeksiyasi xodimlari pora bilan ushlandi

 

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Toshkent shahrining Bektemir tumanida soliq inspeksiyasi xodimlarining korrupsiya bilan bog‘liq noqonuniy harakatlari fosh etildi. Bu haqda DXX Zamon.uz'ga ma'lum qildi.



Aniqlanishicha, Bektemir tumani soliq inspeksiyasining sho‘ba boshlig‘i mahalliy tadbirkorga tegishli savdo do‘konida xaridorga savdo cheki berilmagani yuzasidan murojaat kelib tushganidan xabardor bo‘lgan. Mansabdor shaxs xizmat mavqeidan foydalangan holda ushbu holat bo‘yicha ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirmaslik hamda ishni sudga yubormaslik evaziga 4 million so‘m miqdorida pora talab qilgan.



Tezkor tadbir davomida u mazkur pul mablag‘ini soliq inspeksiyasi inspektori orqali olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.



Shuningdek, tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida ushbu inspektor joriy yilning aprel oyida aynan shu do‘konda boshqa bir xaridorga savdo cheki berilmagani yuzasidan kelib tushgan murojaatni ko‘rib chiqmaslik evaziga 1,5 million so‘m olgani ham aniqlangan.



Hozirda mazkur holat yuzasidan soliq inspeksiyasi xodimlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Kuz-qish mavsumida gaz resurslari mavjud hajm va ob-havo sharoitidan kelib chiqib taqsimlanadi.

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Sud tomonidan tayinlangan jinoiy jarima MIB tomonidan to‘liq undirilib, sud hujjati ijrosi taʼminlandi.